Xersonda qolgan barça erkaklar «hududiy mudofaa bölinmalariga» qöşilişga çaqirildi. Şaharni tark etişni xohlovçilar istalgan vaqtda Dniproning çap qirğoğiga borişlari mumkin, deya ma’lum qildi okkupatsion «ma’muriyat».
Rossiya tomonidan qöşib olingan Xerson viloyatining okkupatsion «hokimiyati» Ukraina qöşinlarining Xersonga hujumini qaytariş uçun «hududiy mudofaa bölinmalari» tuzilganini e’lon qildi. «Ukraina millatçilarining harakatlari tufayli xavfsizlikka tahdid kuçayganiga qaramay, Xersonda qolişni xohlovçi barça erkaklar uçun şaharning hududiy mudofaa bölinmalariga qöşiliş imkoniyati yaratildi», — deyiladi qöşib olingan hudud «ma’muriyati»ning Telegram-kanalidagi xabarda.
Xabarda ta’kidlanişiça, gap şaharda öz xohişi bilan qoladigan erkaklar haqida ketmoqda. Şaharni tark etmoqçi bölganlar «istalgan vaqtda Dniproning çap qirğoğiga borişlari mumkin», deb işontirdi okkupatsion hukumat.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 oktyabr kuni Xerson va Zaporijjya viloyatlarining annexia qilingan qismlarida, şuningdek, özini özi mustaqil deb e’lon qilgan Luhansk va Donetsk «xalq respublikalari»da harbiy holat joriy qildi. Şu bilan birga, u qöşib olingan uşbu hududlarda «ştab» va «hududiy mudofaa bölinmalari» taşkil etişni nazarda tutuvçi farmonni imzoladi.
Ukraina Xersonga qarşi keng kölamli hujumga tayyorgarlik körayotgani haqidagi ma’lumotlar fonida, Xerson viloyatining okkupatsion «hokimiyati» 18 oktabr kuni xavfsizlikka tahdidning kuçayişi tufayli aholining Dnipro öng qirğoğidan çapga «köçirilişi» haqida e’lon qildi. 22 oktabr kuni Xerson aholisi şaharni zudlik bilan tark etişga çaqirilgan.
Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) rus qöşinlarining Xersondan çekinişi allaqaçon boşlangan deb hisoblaydi. Institutning ta’kidlaşiça, Rossiya qöşinlari öq-dorilar, harbiy texnika va ayrim bölinmalarni Dniproning ğarbiy qirğoğidan şarqiy qirğoqqa paromlar orqali «juda faol» ötkazmoqda.












