Budapeştda ön minglab odamlar köçalarga çiqib, öqituvçilarning maoşlarini Vengriya inflatsiyasiga mos ravişda oşirişni talab qilib, hukumat va boş vazir Viktor Orbanni tanqid qilişdi. Aksiya 1956 yildagi Vengriya inqilobi munosabati bilan bölib ötdi va 20 foizlik inflatsiya fonida kuzda boşlangan norozilik namoyişlarining davomiga aylandi, deb yozadi 23 oktyabr, yakşanba kuni Reuters. 

Namoyişçilar öqituvçilarni qöllab-quvvatlovçi bannerlardan taşqari, «Orban, yöqol» va «Ruslar, uyga qaytinglar» degan plakatlarni uşlab turişgan. Taşkilotçilar aksiya iştirokçilari sonini 80 ming kişi deb hisoblamoqda. 

Namoyişçilarning Orbanga qarşi asosiy şikoyati uning ta’lim siyosatidan norozilik böldi – ta’lim muassasalarini yetarliça mablağ bilan ta’minlamaganlik va öqituvçilarning maoşi pastligi. Biroq fevral oyida hukumat öqituvçilarning iş taşlaş huquqini çeklovçi qaror qabul qildi, buni esa namoyişçilar norozi işçilarni qörqitiş usuli deb hisobladi. Aprel oyida Orbanning FIDES – Vengriya fuqarolik ittifoqi partiyasi mamlakat parlamentiga saylovlarda ğalaba qozonişga muvaffaq böldi. 

Oktabr oyi boşida Budapeştda Vengriya hukumatining va’dalaridan norozi bölgan öqituvçilarni qöllab-quvvatlaş uçun miting bölib ötdi - unga köra, maoşning pastligi Yevrokomissiyadan naqd pul tuşumlarining keçikişi bilan boğliq. Sentabr oyida Yevropa regulyatori mamlakat hukumatini korrupsiyaga qarşi yetarli darajada kuraşmaganlikda va huquqiy me’yorlarni buzganlikda aybladi, şu sababli Vengriyaga ajratiladigan mablağni qisqartirişni taklif qildi. 

Namoyişlar paytida Orban poytaxtdan 220 km uzoqlikda, Zalaegerseg şahrida bölib, u yerda Vengriya inqilobi şarafiga nutq sözladi. Unda u Ğarb davlatlarini 1956 yil voqealari çoğidagi «xiyonat»da tanqid qilgan. «Agar Ğarb 1945 yildan beri bizga ikkinçi marta xiyonat qilmaganida, biz muvaffaqiyat qozonişimiz mumkin edi», - dedi Orban inqilob voqealarini baholab. 

Avvalroq Kreml bilan yaxşi munosabatda bölgan va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanişidan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşgan Vengriya boş vaziri Rossiya harbiy bosqini tufayli Moskvaga qarşi joriy qilingan sanksiyalar uçun Yevropa Ittifoqini bir neça bor tanqid qilgan edi. Iyul oyi boşida u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari orasida yagona bölib, rus pravoslav çerkovi patriarxi Kirillga uruşni oqlagani uçun şaxsiy sanksiyalar qöllanişiga qarşi çiqdi.