Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Ğuzor tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida şifokorning döpposlanişi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Unga nisbatan, 2022 yil 20 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ayblov e’lon qilinib (uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan), u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.

Jinoyat işlari böyiça Ğuzor tuman sudining ajrimiga asosan ayblanuvçi R.A.ga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq, viloyat IIB axborot xizmati jabrlanuvçi IIBga ariza bilan murojaat qilgani va uni döpposlagan şaxsga nisbatan 2022 yil 19 oktyabr kuni Ğuzor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan (BHMning 25 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yilgaça ozodlikni çeklaş yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan) jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uçun, 2022 yil 14 oktyabr kuni Ğuzor tumani tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tez tibbiy yordam xizmati jonlantiriş bölimiga yuqori qon bosimi taşxisi bilan Ğuzor tumani Mustaqillik mahallasida yaşovçi D.O. olib kelingan.

Oradan köp ötmasdan D.O.ning turmuş örtoği va bolalari şifoxonada janjal qilib, bemorning öğli R.A. jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buzib, navbatçi-şifokor T.H.ni haqorat qilib, urib, döpposlab, unga tan jarohati yetkazib, bezorilik harakatlarini sodir etgan.