Norvegiyaning Kongsberg Defence & Aerospace kompaniyasi tomonidan Amerikaning Raytheon Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan NASAMS mobil zenit-raketa tizimlari zamonaviy AIM-120 örta masofaga uçuvçi «havo-havo» turidagi uçuvçisiz uçiş apparatlari, ballistik raketalar va qiruvçi samolyotlarni urib tuşirişga qodir.
Ukraina uçun möljallangan NASAMS tizimlari AQŞ ma’muriyati ixtiyoriga berilgani haqida Raytheon Technologies ijroçi direktori Greg Xeys bayonotiga tayanib, Defense News xabar berdi.
Bungaça Xeys Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan NASAMS’ga bölgan talab oşib borayotganini aytgandi.
Avvalroq Isroil prezidenti Itsxak Gersog, uning öz ma’lumotlariga köra, AQŞga Eron uçuvçisiz uçoqlari Rossiya tomonidan Ukrainada qöllanganini isbotlovçi razvedka ma’lumotlarini taqdim etgandi.
«Eron qurollari bizning dunyomizni beqarorlaştirişda muhim rol öynaydi», deya ma’lum qildi Gersog Vaşingtonga taşrifi çoğida.
Uning fikriça, xalqaro hamjamiyat «saboq olişi» hamda Eron bilan «yagona, qattiq va murosasiz tilda» gaplaşişi kerak.
Şunga qaramay, Isroil hozirça Ukrainaga harbiy yordam körsatişdan özini tiyib turadi va unga «temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berişga tayyor emas.












