Pensiya tayinlaş tartibini takomillaştirişga qaratilgan qonun prezident tomonidan imzolandi.
Unga köra, ixtisoslaşgan tibbiy muassasalarning şifokorlari va örta tibbiy xodimlari – maxsus iş staji şaharçalar, qişloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil bölgan taqdirda oxirgi iş joyidan qat’i nazar, belgilangan yoşni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya oliş huquqiga ega böladi.
Qonunga muvofiq, ögay ota va ögay onaning vafot etgan ögay öğilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlaş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hisoblab çiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar Özbekiston oldida alohida xizmatlari bölgan şaxslarga – pensiyani hisoblaş bazaviy miqdori 100 foizidan 150 foizigaça belgilanadi. Bunda ularning pensiyasiga ustama tölaş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi işlangan vaqt iş stajiga qöşib hisoblanadi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil iş stajiga ega bölsa, fuqaroning arizasi asosida iş staji va iş haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab çiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblaş fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblaş uçun murojaat qilgan sanadagi yoşga nisbatan talab qilingan iş stajidan kelib çiqqan holda amalga oşiriladi.












