AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya Ukrainada yadro qurolidan foydalaniş niyatida emasligi haqidagi bayonotiga şubha bilan munosabat bildirdi. 27 oktyabr, payşanba kuni Newsnation naşriga bergan intervyusida Bayden ritorik tarzda şunday savol bilan murojaat qildi: «Agar u buni qilmoqçi bölmasa, nega u bu haqda gapiryapti? Nega u taktik yadro qurolidan foydalaniş imkoniyati haqida gapiryapti?». U Putinning bu muammoga yondaşuvini «juda xavfli» deb hisoblaşini ta’kidlab ötdi.
Bir neça soat avval Vladimir Putin «Valday» xalqaro munozara klubining yalpi majlisida sözga çiqib, Ukraina göyoki «iflos bomba portlatiş»ni rejalaştirayotganini aytib, buning uçun Rossiyani ayblamoqçi ekanini bildirdi. «Ular uni «Toçka-U» yoki boşqa joyga yuklab, qurilmani qayerdadir portlatib, Rossiya buni qildi - yadroviy zarba berdi, deyişadi. Lekin biz buni qilişimiz şart emas. Bizga kerak emas - na siyosiy, na harbiy jihatdan», dedi Putin.
Ayni paytda, sönggi bir neça hafta içida Rossiya prezidenti ham, Rossiya rasmiylarining boşqa vakillari ham Moskva öz yadroviy doktrinasida nazarda tutilgan holatlarda yadro qurolidan foydalanişi mumkinligini bir neça bor takrorladilar. Bu hujjatda aytilişiça, Rossiya öziga yoki ittifoqdoşlariga yadro quroli yoki boşqa ommaviy qirğin qurollaridan foydalangan holda hujumga javoban yoki oddiy qurollar bilan tajovuz sodir etilgan taqdirda, agar «davlatning mavjudligi xavf ostida bölsa, yadroviy quroldan foydalanişi mumkin».
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 18 oktyabr kuni jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, sentabr oxiridagi «referendumlar»dan keyin Rossiya tomonidan annexia qilingan Ukraina hududlari Rossiya yadro arsenali tomonidan himoyalanganligini bilvosita tasdiqladi. «Bu hududlarning barçasi Rossiyaning ajralmas qismidir va şunga köra, ularning barçasi himoyalangan va xavfsizlik Rossiyaning qolgan hududi bilan bir xil darajada ta’minlangan», — dedi Peskov.
26 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi quruqlik, dengiz va havo strategik tiyib turiş kuçlari maşğulotlarini e’lon qildi, uning davomida ballistik va qanotli raketalar uçirildi. Vazirlik rahbari Sergey Şoygu öşanda harbiylar «duşmanning yadroviy zarbasiga javoban strategik kuçlar tomonidan yirik yadroviy zarba beriş vazifalarini işlab çiqqanini» aytdi.













