“Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlaş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 yanvardan tegişli röyxatda belgilangan dorilardan taşqari barça yangi dori vositalari klinik tadqiqotlar ijobiy natijasi asosida davlat röyxatidan ötkaziladi.

Quyidagilar bekor qilinadi: retsepsiz beriladigan dorilar röyxatini Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlaş; dori moddalarini (substansiyalarni) davlat röyxatidan ötkaziş; Özbekistondan taşqarida amalga oşirilgan dori vositalari röyxatdan ötkaziş natijalarini tan olişda standart namunalarini talab etiş.

Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi orqali moliyalaştiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlar dori va tibbiy buyumlar bilan şifoxona orqali ta’minlanadi.

Mazkur jarayon dastlab respublika darajasidagi şifoxonalarda 2023 yil davomida tajriba-sinov tariqasida amalga oşiriladi. 2022 yil yakunigaça şifoxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi böyiça mutaxassis lavozimi joriy etiladi. 

2023 yil 1 iyuldan referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori bölgan dori vositalarini sertifikatlaştiriş taqiqlanadi.

2023 yil 1 maydan jismoniy şaxslar tomonidan sotib olingan dorilar uçun dorixonalar tomonidan beriladigan xarid çeki fiskal belgisi soliq organlari maxsus mobil ilovasida röyxatdan ötkazilganda dorilar narxlari Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi axborot tizimidagi dori vositalari çakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda soliştiriladi.

Dorilar çakana narxlariga belgilangan ustamalar oşirib qöllanilgani aniqlangan taqdirda, bu haqida iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş uçun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravişda xabar yuboriladi. Xarid çeki böyiça narx dorining çakana referent narxidan ortiq deb topilganda, huquqbuzardan jarima undiriladi.

2023 yil 1 martgaça dori vositalari işlab çiqarilişidan boşlab ular iste’moli natijasigaça bölgan jarayonlarni nazarda tutuvçi Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.