AQŞ va Janubiy Koreya Koreya yarimorolida 240 ta jangovar samolyotlar, jumladan, stels texnologiyasiga ega F-35 qiruvçi-bombardimonçi samolyotlari iştirokida keng kölamli qöşma havo kuçlari maşğulotlarini boşladi. Bu haqda 31 oktyabr, duşanba kuni Janubiy Koreyaning «Yonhap» agentligi xabar qildi. 

Xabarlarga köra, «Sergak pörtana» manyovrlari doirasida 1600 ga yaqin jangovar parvozlar rejalaştirilgan. Ittifoqçilarning aytişiça, bu yil rekord darajadagi raketa uçirişlarini amalga oşirgan Şimoliy Koreyadan kelayotgan ehtimoliy tahdidga qarşi turiş uçun bunday tayyorgarlik zarur. Bundan taşqari, Seul Pxenyan tez orada yadroviy sinovlar ötkazişi mumkinligidan xavotirda. 

Avvalroq AQŞ Tinç okeani havo kuçlari qömondonligida ma’lum qilinganidek, maşğulotlarda minglab koreyalik va amerikalik harbiylar ham iştirok etadi. Bundan taşqari, Avstraliya qirollik harbiy-havo kuçlarining 33-sonli eskadrilyasi Janubiy Koreyaga KC-30A yonilği quyiş samolyotini yuboradi. Manyovrlar 4 noyabr, juma kunigaça davom etadi. 

Janubiy Koreya Şimoliy Koreya ittifoqçilarning maşğulotlariga javoban ballistik raketalarni uçiriş orqali öz kuçini körsatişga urinişi mumkinligini istisno etmayapti.