BMT va Turkiya delegatsiyalari «ğalla taşabbusi» doirasida 40 ta kemani tekşiriş uçun 10 ta inspektorlar guruhini taqdim etmoqda, deb xabar berdi u. 

Kubrakovning ta’kidlaşiça, yuk taşuvçilarni tekşiriş rejasi Ukraina tomonidan qabul qilingan va bu haqda Rossiya delegatsiyasi xabardor etilgan.

Bundan oldin Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Rossiyani Qora dengiz taşabbusi doirasida Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş böyiça öz majburiyatlarini bajarişga çaqirgandi.

«Dunyo böylab millionlab odamlar oçlikdan qiynalmoqda, Rossiya esa yana ğalla ta’minotini xavf ostiga qöymoqda. Buni töxtatiş kerak», - deydi Berbok. «Livan, Niger yoki Bangladeşdagi oilalar keyingi tuşlik uçun pul tölay olişi Rossiya prezidentining harbiy rejalariga boğliq bölmasligi kerak», — deya qöşimça qildi u.

Germaniya vazirining sözlariga köra, iyul oyida kelişuv tuzilganidan buyon Ukrainadan 9 million tonna ğalla jahon bozoriga çiqdi va don narxi maqbul darajaga tuşdi.

Rossiya «ğalla yölagi»ni tösib qöygani sababli Ukraina ğalla eksportini töxtatişga majbur böldi. Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakovning sözlariga köra, 30 oktyabr kuni Ikaria Angel yuk kemasi Ukraina portini tark eta olmadi. BMT tomonidan Jahon oziq-ovqat dasturi doirasida ijaraga olingan kema Efiopiyaga 40 ming tonna don yetkazib berişi kerak edi. 

«Uşbu mahsulotlar oçlik yoqasida turgan Efiopiya xalqi uçun möljallangan edi. Ammo Rossiya «ğalla yölagi»ni tösib qöygani uçun uni eksport qilişning iloji yöq», — deb yozdi Kubrakov Twitter sahifasida.