Oktabr oyida Rossiya neft qazib oliş, uning dengiz va neft quvurlari orqali eksportini biroz qisqartirdi. Bu haqda 31 oktyabr, duşanba kuni vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, «Kommersant» ma’lum qildi.

Ularning ma’lumotlariga köra, oktabr oyida Rossiyada kondensat işlab çiqarişni hisobga olgan holda, kuniga 1,47 million tonnadan köp bölmagan neft qazib olindi, bu esa uşbu hajmning qariyb 8 foizini taşkil etdi. Bu OPEK+ kvotasidan past, u Rossiya uçun oktabr oyida kuniga 10,5 million barrel (kondensatsiz 1,43 tonna)ga teng.

Mutaxassislar Yevropa Ittifoqining yaqinlaşib kelayotgan embargosi   tufayli işlab çiqarişni yanada qisqartiriş va Rossiya neftiga talab keskin kamayişini başorat qilmoqda. Kept konsalting kompaniyasi şerigi Maksim Malkovning sözlariga köra, embargo avtomatik ravişda talabning keskin pasayişiga va yetkazib berişni qayta yönaltiriş zarurligiga olib keladi.

Biroq, bu masalani tezda hal qilişning iloji bölmaydi, deb hisoblaydi ekspert. Uning fikriça, Yevropa Ittifoqidan taşqaridagi xaridorlar ikkilamçi sanksiyalardan qörqib, Rossiya neftini sotib olişdan boş tortadilar. Hindistondagi neftni qayta işlaş zavodlari jarimalardan qoçiş uçun xaridlarni qisqartirmoqda, dedi Malkov. 

Bundan taşqari, Ğarb tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli texnologiyalarni tark etiş öz ta’sirini ötkaza boşladi, deb ta’kidlaydi Kasatkin Consulting kompaniyasidan Dmitriy Kasatkin. Natijada neft işlab çiqariş tannarxi oşib bormoqda. Mutaxassisning taxminiga köra, dekabr oyida Rossiyada neft qazib oliş 9 foizga tuşib, kuniga 1,3 million tonnagaça kamayişi mumkin. 

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tufayli YeI davlatlari allaqaçon Rossiyaga qarşi sakkizta sanksiyalar paketini joriy qilgan. Xususan, YeI dekabrdan dengiz tankerlarida taşiladigan Rossiya neftini dekabrdan, 2023 yil fevralidan esa Rossiya neft mahsulotlari importini taqiqlaşga kelişib oldi. Bundan taşqari, sakkizinçi sanksiyalar paketiga eksport qilinadigan Rossiya nefti narxining yuqori çegarasi haqidagi band kiritilgan.