“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boşqaruv raisi taşabbusi bilan Jamiyat xodimlari örtasida mehnatni muhofaza qiliş, iş jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qiliş, şuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida har yili taşkil etib kelinayotgan “Kasb mahorati” musobaqasining bu yilgi respublika bosqiçiga “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ mezbonlik qildi. Mazkur musobaqa “Har biringizning hayotingiz men uçun qadrli” şiori ostida bölib ötdi. 

Yangiariq tuman elektr ta’minoti korxonasida yangidan qurilgan maxsus öquv maydonida ötkaziladigan bahslarda Toşkent şahar, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda barça viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining taqsimlovçi tarmoqlar qurilmalarini ta’mirlaş böyiça ustalari, dispetçerlar, taqsimlovçi tarmoqlar qurilmalariga xizmat körsatuvçi elektromontyorlardan taşkil topgan jami 14 ta jamoada 120 nafardan ortiq xodim öz bilim va tajribalarini sinovdan ötkazişdi.

Jumladan, jamoalarning huquqiy, siyosiy va xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid bilimlari, şartli elektr qurilmasida yuzaga kelgan yonğinni öçiriş, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etiş jarayonida xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilgan holda töğri iş taşkil etiş, nosozlikni öz vaqtida sifatli bartaraf etiş va kuçlaniş ostiga tuşgan şartli jabrlanuvçini xavfsiz joyga ötkaziş hamda birinçi tez tibbiy yordam körsatiş kabi vazifalarni uddalaşlari sinovdan ötkazildi.

Berilgan topşiriqlarni uyuşqoqlik bilan, tezkor va sifatli bajargan quyidagi jamoalar harakati yuqori baholanib,

1-örin – “Xorazm HETK” AJ;

2-örin – “Andijon HETK” AJ;

3-örin – “Farğona HETK” AJga nasib etdi.