2022 yil 29 oktyabr kuni “Piramit” savdo ofisida majmua qurilişi boşlanganligining 1 yilligi munosabati bilan oçiq eşiklar kuni bölib ötdi.

2021 yilning oktabr oyida Toşkentda qurilişi boşlangan Piramit Tower loyihasi özining bir yilligini özgaça nişonlaşni lozim topdi. Respublikadagi barça ommaviy axborot vositalari iştirokida majmuaga press-tur taşkil etildi. Tadbir avvalida “Piramit” majmuasini qurişni öz zimmasiga olgan Koç Construction kompaniyasi kelajak loyihasi – “Piramit Tower” va “Piramit Mall” yaratilişi haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda iştirokçilar e’tiboriga majmuadan joy olgan şourum namoyiş etildi. Maydoni 63 kvadrat metrdan iborat bölgan 2 xonali xonadon kompaniya dizaynerlar guruhi tomonidan tayyorlangan bölib, aholiga maksimal qulaylik, zamonaviy rusumdagi şart-şaroitlarni taqdim etuvçi smart-xonadon hisoblanadi. Şourumda işga tuşirilgan smart tizimi komfort va innovatsiyani xuş köruvçilar uçun ayni muddaodir. Xonadon neoklassika va xaytek uslublarini özida mujassam etgan holda ta’mirlangan.
“Piramit Tower” loyihasi haqida

Toşkentning Yakkasaroy tumanidagi Bobur va Muqimiy köçalari kesişmasida joylaşgan majmua Piramit Tower özining turar joylari, ofislari va savdo markazi bilan Özbekistonning taşrif qoğoziga aylanişga erişişni maqsad qilgan. Piramit bu – qulay va haşamatli hayot uçun barça şaroitlarni öz içida mujassam etgan zamonaviy köp funksiyali majmua bölib, umumiy quriliş maydoni 160 000 metr kvadratni taşkil qiladi.

“Piramit Tower” minorasi jami 52 qavatni, yerusti qismi 47 qavatni, umumiy balandligi 203 metrni taşkil etadi. Mahobatli binoda turar joylar va ofislar örin olgan.
Turkiyaning Koç Construction guruhi kafolati ostida barpo etilayotgan majmua qulay joylaşuvi, ijtimoiy maydonlari, roof-bar va restoranlari, infinity-hovuzlari, sportzali, mini-golf maydoni, Play Station, kinoteatr, spa, turk hammomi va mehmonxonasi bilan investorlarni öziga jalb qilmoqda. Dunyoning tajribali arxitektorlari tomonidan işlab çiqilgan zamonaviy loyiha sifat va standart böyiça jahondagi taniqli inşootlar bilan bellaşa oladi.








