Duşanba kuni Özbekiston böylab yomğir yoğadi, ayrim joylarda kuçli bölişi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilişi ehtimoli bor. Faqat Farğona vodiysida yoğingarçilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda Özgidromet.

Şamol tezligi 13−18 metr/soniyagaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati +15…+20 daraja, şimolda +8…+13 daraja böladi.

Seşanba kuni respublika böylab yomğir yoğişi kutilmoqda, Qoraqalpoğistonda yomğir qorga aylanişi mumkin. Momaqaldiroq ehtimoli ham bor. Havo harorati keçasi +7…+12, kunduzi +10…+15 daraja, şimolda keçasi 0…+5, kunduzi +5…+10 daraja böladi.

Çorşanba kuni Özbekistonning aksariyat hududlarida yomğir davom etadi. Qoraqalpoğistonda hamda Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçasi +3…+8, kunduzi +7…+12 darajagaça pasayadi. Şimolda keçasi –2…–7, kunduzi +3…+8 daraja böladi.

12-noyabr kuni respublika böylab yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçasi 0…+5 daraja, ayrim joylarda –2 darajagaça, kunduzi +7…+12 daraja böladi. Şimolda keçasi –2…–7, kunduzi +3…+8 daraja.

13-noyabr kuni Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin. Qoraqalpoğistonda hamda Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçasi 0…+5 daraja, ayrim joylarda –2 darajagaça, kunduzi +7…+12 daraja böladi. Şimolda keçasi –2…–7, kunduzi +5…+10 daraja böladi.

Toşkent şahrida duşanba kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol şarqdan ğarbga özgaradi, tezligi 3−8 metr/soniya böladi, ayrim paytlarda 11−13 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Ayrim hududlarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Havo harorati kunduzi +18…+20 daraja böladi.

Seşanba kuni poytaxtda yomğir davom etadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Ğarbdan 3–8 metr/soniya tezlikda şamol esadi, tezligi 10–12 metr/soniyagaça kuçayişi ehtimoli bor. Havo harorati keçasi va kunduzi +12…+14 daraja böladi.

Çorşanba kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Ğarbdan 3–8 metr/soniya tezlikda şamol esadi. Havo harorati keçasi +5…+7, kunduzi +8…+10 daraja böladi.

12-noyabr kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şimoli-şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati keçasi +1…+3, kunduzi +10…+12 daraja böladi.