Germaniya kansleri Olaf Şols Rossiyaning Ukraina «iflos bomba» deb atalmiş qurilmadan foydalanişga tayyorlanayotgani haqidagi da’volarini asossiz, deya keskin rad etdi. Bu haqda Şols Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti çoğida ma’lum qildi. Suhbatdan keyin ommaviy axborot vositalariga bayonot 31 oktyabr, duşanba kuni Germaniya hukumati vakili Şteffen Xebestrit tomonidan tarqatildi.

«Kansler Ukraina prezidentining Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) tomonidan Ukraina tomoni taşabbusi bilan ötkazgan mustaqil tekşiruvi bu boradagi barça şubhalarni bartaraf etişi haqidagi fikriga qöşildi», — deyiladi bayonotda.

Bundan taşqari, Germaniya hukumati rahbari Rossiya qöşinlari tomonidan Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasini nişonga oliş davom etayotganini qoraladi.

Siyosatçilar dunyoda oziq-ovqat bilan boğliq vaziyatni oğirlaştirmaslik uçun BMT şafeligidagi «ğalla bitimi»ning amalga oşirilişi va uzaytirilişini xavf ostiga qöymaslikka çaqirdi, deyiladi bayonotda.

Germaniya kansleri Germaniya «Ukrainani siyosiy, moliyaviy va gumanitar jihatdan, şuningdek, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qiliş masalasida, şu jumladan qurol-yaroğ yetkazib beriş orqali yordam berişdan voz keçmasligini» ta’kidladi.

Suhbat çoğida tomonlar Ukrainadagi harbiy, siyosiy va gumanitar vaziyat, şuningdek, Kiyevga kelgusida yordam körsatiş imkoniyatlari, xususan, uni tiklaş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.

Rossiyaning Kiyev «iflos bomba»dan foydalanişga tayyorlanayotgani haqidagi ayblovlaridan söng, 31 oktyabr kuni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik inspektorlari Ukraina hukumati iltimosiga köra, Ukrainadagi ikkita yadroviy inşootni tekşirişni boşladi. Agentlik boş direktori Rafael Grossining sözlariga köra, tekşiruv böyiça dastlabki hisobot şu hafta oxirigaça e’lon qilinadi.

Avvalroq, 25 oktyabr kuni Germaniya kansleri Berlindagi xalqaro anjumanda Ukrainani qayta tiklaş böyiça yangi Marşall rejasini işlab çiqişga çaqirgan edi. «Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş majburiyati bizning davrimizning eng izçil geosiyosiy qarorlaridan biridir», deb ta’kidladi Şols.