Estoniya u yerda yaşovçi uçinçi davlat fuqarolari uçun qurol saqlaşga qonuniy taqiq joriy qilmoqda. Respublika hukumati 2 noyabr, çorşanba kuni Içki işlar vazirligi tomonidan qurol-yaroğ töğrisidagi qonunga kiritilgan özgartirişlarni ma’qulladi. Endi ular parlament tomonidan körib çiqilişi kerak.
Estoniya rasmiylariga köra, taklif etilayotgan norma 3080 ta qurolga ega bölgan 1325 kişiga taalluqlidir. Çeklovga duçor bölganlarning aksariyati respublikada yaşovçi Rossiya va Belarus fuqarolaridir.
«Bugun biz boşqa, duşman davlat fuqarolari qurol olib yuriş uçun ruxsatnomaga ega bölişi va ularga egalik qilişi böyiça holatni xavf ostiga qöya olmaymiz», - dedi Estoniya içki işlar vaziri Lauri Lyaenemets. Uning fikriga köra, ular öz mamlakatlari manfaatlarini himoya qilişda «mafkura yoki fuqarolik sodiqligi» sababli «qöllariga qurol olişlari kerakligini his qilişlari» mumkin. «Uşbu qonun bilan biz bunday xavflarni bartaraf qilamiz», deb tuşuntirdi Lyaenemets.
Qonun loyihasiga köra, Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bölmagan davlatlar fuqarolariga qurol-yaroğ ruxsatnomalari bir yildan keyin tugaydi. Şundan söng, egalari bir yil içida qurollarini topşirişlari kerak. Aks holda huquq-tartibot idoralari uni örtaça bozor narxida ekspropriatsiya qiladi.
Qonun kuçga kirgandan söng yangi qurol ruxsatnomalarini beriş töxtatiladi. Respublika Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, bu 2023 yil boşida sodir böladi. Hujjatni qabul qiliş bilan Estoniyaning iyul oyidan beri amalda bölgan, boş vazir Kaya Kallas boşçiligidagi yangi hukumati koalitsiya kelişuvi şartlaridan birini bajarmoqda. Unda Rossiya Federatsiyasi va Belarus fuqarolariga berilgan qurol ruxsatnomalari haqiqiy emas deb topilişi va ularning keyingi berilişi töxtatilişi nazarda tutilgan.
Sentabr oyida Estoniya Litva, Latviya va Polşa bilan birga rossiyalik sayyohlar uçun kirişni yopdi. Turistik vizalar, şu jumladan uçinçi davlatlar tomonidan berilgan Şengen vizalari bölgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari respublikaga kiritilmaydi.
Estoniya, Latviya va Litva Yevropa Ittifoqini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Ukrainaga Rossiyani harbiy bosqinçilik jinoyatlari uçun javobgarlikka tortiş uçun maxsus tribunal yaratişda yordam berişga çaqirdi. Uç mamlakat taşqi işlar vazirlari Yevropa Ittifoqi Ukraina, boşqa qator davlatlar va Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan olib borilayotgan tergovlarni qöllab-quvvatlaşda davom etişi kerakligini aytdi.












