Yiğilişga Xitoy Davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan raislik qildi. Unda Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston, Özbekiston hukumat rahbarlari, Hindiston va Pokiston taşqi işlar vazirlari iştirok etdi. Kuzatuvçi davlatlar Belarus, Eron va Möğuliston hamda Xitoy tomoni taklifiga binoan Turkmaniston ham onlayn uçraşuvda qatnaşdi.

Uçraşuv çoğida taşkilotga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari joriy yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan ŞHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti yakunlari ijrosi yuzasidan fikr almaşdi.

ŞHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda, taşkilot faoliyatini hozirgi bosqiçda takomillaştiriş nuqtayi nazaridan hamkorlikni çuqurlaştirişga e’tibor qaratildi.

Yiğilişda ŞHT boş kotibi, taşkilotning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qömitasi direktori ham qatnaşdi. Uçraşuv yakunlari böyiça qöşma bayonot va boşqa qator hujjatlar imzolandi.

Kelgusi yilda Qirğiziston ŞHT Hukumat rahbarlari kengaşiga raislik qiladi.