Geografik obektlarga jahon tarixida çuqur iz qoldirgan şaxslar ismi-şarifini berişga yöl qöyildi. Bunda Özbekiston yoki jahon tarixida çuqur iz qoldirgan şaxslar ismi-şarifini beriş ular vafotidan keyin prezident qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bölmagan aholi punktlari tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oşiriladi.
Geografik obektlarga nom beriş va ular nomlarini özgartiriş töğrisida takliflar tayyorlaş jarayonida mahalliy aholi fikri hisobga olinadi. Takliflar kelib tuşganidan keyin muhokama qiliş uçun ularni 5 iş kunida tegişli organlar öz rasmiy naşrlarida, rasmiy veb-saytlarida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Şuningdek, takliflar muhokamasi ular e’lon qilingan sanadan e’tiboran 15 kundan kam bölmasligi kerak.












