Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Rossiya agressiyasidan özini himoya qilayotgan Ukrainani qat’iy qöllab-quvvatladi. «Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainaliklarni oçlik, taşnalik va sovuqdan fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar beriş orqali öldirişga harakat qilmoqda, ammo biz G7 hamkorlari sifatida aynan şu narsaning oldini olişga harakat qilamiz», dedi u Germaniyaning Myunster şahrida 3 noyabr, payşanba kuni «Katta yettilik» davlatlari taşqi işlar vazirlari konferensiyasi oçilişida.
Berbok Germaniyaning Ukrainaga generatorlar, isitkiçlar, nasoslar, uy-joy konteynerlari, sanitariya inşootlari, çodirlar va adyollar yetkazib berganini esladi. Uning ta’kidlaşiça, G7 davlatlari Ukrainaga yordam körsatişni muvofiqlaştirmoqda, boşqa davlatlar ham ularga qöşilmoqda. «Yettilik» Putinning Ukrainani va xalqaro hamjihatlik strategiyasini parçalaşga urinişiga qöl qovuştirib qarab turmaydi», deb işontirdi Germaniya TIV rahbari.
Myunster anjumanida Ukrainadagi uruşdan taşqari Ğarbning Xitoy bilan aloqalari va Erondagi vaziyat ham muhokama qilinadi. Germaniya bu yil rotatsiya orqali G7'ga raislik qilmoqda.













