“Issiqxona xöjaliklari faoliyati samaradorligini oşiriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Issiqxona xöjaliklari va muzlatgiçli omborxonalar iqtisodiy jihatdan samarali işlaşi uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiladi. Issiqxona xöjaliklari va muzlatgiçli omborxonalar uçun ajratilgan milliy va xorijiy valutadagi kreditlarni qaytariş muddatlari umumiy hisobda 14 yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3 yildan 5 yilgaça uzaytiriladi.
Issiqxona xöjaliklarini aylanma mablağ bilan ta’minlaş uçun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi. Bunda mazkur kreditlar Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligiga ajratilgan budjet ssudasi hisobidan moliyalaştiriladi.
Issiqxona xöjaliklarida eksportbop mahsulot yetiştirişga talab etiladigan aylanma mablağlar uçun xorijiy valutadagi bank kreditlari Eksportni rağbatlantiriş agentligi mablağlari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (şundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi. Ajratilgan kreditlarni qaytariş muddatlari issiqxonalarda hosilni yiğib oliş va sotiş muddatlariga moslaştiriladi.
Issiqxona xöjaliklariga tabiiy gaz böyiça tölovni öz vaqtida amalga oşirmaganlik uçun penya summasi 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 1 aprelgaça, istisno tariqasida, hisoblanmaydi.











