Rossiya armiyasi frontning alohida uçastkalarida harbiy harakatlar intensivligini sezilarli darajada oşirgan. Bu haqda Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy NATO va AQŞning Yevropadagi birlaşgan kuçlari komandiri, general Kristofer Kavoli bilan telefon muloqotida aytib ötgan.
«Frontdagi vaziyatni muhokama qildik. Vaziyat keskin, ammo nazorat ostida qolmoqda. Raqib frontning ayrim uçastkalarida harbiy harakatlar intensivligini uç baravarga oşirgan — kuniga 80 tagaça hujum bölmoqda. Jangçilarimiz mardligi va mahorati tufayli biz mudofaani uşlab turibmiz», deya yozgan Zalujniy telegram-kanalida.
Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabining 4 noyabr tongidagi hisobotiga köra, Rossiya armiyasi Baxmut, Avdeyevka va Novopavlovka yönalişlarida faol hujum qilmoqda.
«Ötgan kun davomida ukrain harbiylari rossiyaliklarning Donetsk oblastining Verxnekamenskoye, Spornoye, Marinka, Novomixaylovka, Vodyanoye va Pavlovka aholi yaşaş manzillari hududlaridagi hujumlarini qaytardi. Rossiya armiyasi tutaşuv çiziği böylab Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalarini öqqa tutmoqda, aviarazvedka işlari olib bormoqda, şuningdek infratuzilma obektlariga zarbalarni davom ettirmoqda», deyilgan hisobotda.
Ukraina tomoniga köra, rossiyalik harbiylar törtta raketa zarbasi va 28 aviazarba yöllagan, şuningdek baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan 45 dan ortiq snaryad uçirgan. Bu harakatlar oqibatida Zaporijjya, Dnepropetrovsk, Donetsk, Xerson va boşqa oblastlarda 30 dan ortiq aholi yaşaş manzillari jabrlangan.













