Özbekiston va Yevropa Ittifoqining afğon inqirozini tinç yöl bilan hal etiş, mamlakatga tezkorlik bilan gumanitar va boşqa turdagi yordamlarni körsatiş borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.
Tomas Niklasson Özbekistonning bu boradagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi, joriy yil iyul oyi oxirida Toşkentda “Afğoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli ötkazilganini alohida ta’kidladi.
Uşbu mamlakatning yangi hukumati tomonidan keng vakillikka asoslangan hukumat tuziş, asosiy inson huquqlarini, ayollar va mamlakatdagi milliy ozçiliklar huquqlarini hurmat qiliş borasidagi xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari bajarilişi muhimligi ta’kidlandi.
Tomas Niklasson Özbekiston tomonining Afğonistonning yangi hukumatga nisbatan jahon hamjamiyati yaxlit pozitsiyasini işlab çiqmasdan turib, ötkir ijtimoiy-gumanitar inqirozni bartaraf etiş, mustahkam tinçlik va barqarorlik örnatişga kömaklaşib bölmaydi, degan fikriga qöşildi.
Tomonlar afğon muammosi böyiça ham ikki tomonlama asosda, ham Markaziy Osiyo davlatlari maxsus vakillari darajasida maslahatlaşuvlarni davom ettirişdan özaro manfaatdor ekanini bildirdi.












