
8 noyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – töliq Oy tutilişini kuzatişlari mumkin. Uşbu tutilişning töliq fazasida oy yuzasi 100 foiz Yer soyasida böladi. Oy tutilişining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bölib, tutilişning töliq fazasi 1 soat 25 daqiqa davom etadi. Uşbu Oy tutilişi Özbekistonda qisman kuzatiladi – örta hisobda 1 soatdan köproq tutiliş kuzatilişi mumkin.
Oy tutilişi Oy çiqişidan avval boşlanadi, şuning uçun Özbekistonning hamma hududida tutilişning maksimal fazasi Oy ufqdan kötarilganidan keyin bir neça daqiqa ötib kuzatiladi.
Uşbu astronomik hodisa Sibir va Uzoq şarq, Yangi Zelandiya, hamda Şimoliy Amerikaning şimoli-ğarbiy qismlarida töliq kuzatiladi. Markaziy va Janubi-Şarqiy Osiyo, Avstraliya hamda Janubiy Amerika mamlakatlari hududlarida uni qisman kuzatiş imkoni mavjud (1-rasm).

Toşkent vaqti bilan Oy tutilişi soat 14:08 da boşlanadi va soat 15:16 da töliq tösiliş boşlanib, soat 15:59 da maksimal fazaga erişadi. Soat 16:41 da töliq tösiliş tugaydi, biroq qisman tutiliş davom etadi. Oy tutilişi soat 17:49 da yakuniga yetadi.

Toşkentda soat 17:06 da Oy ufqdan kötariladi va bu vaqtda Oy yuzasining 60 foizdan köproq qismi Yer soyasida böladi. Soat 17:09 da qisman Oy tutilişining maksimal fazasi kuzatiladi. Bunda Oy yuzasining 62 foizi Yer soyasida böladi. Bu vaqtda Oyning gorizontdan balandligi 1 darajaga yaqin burçakni taşkil qiladi. Toşkent şahrida Oy tutilişining umumiy davomiyligi 43 daqiqani taşkil etadi.

Özbekiston Respublikasining ğarbiy hududlari, ya’ni Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida qisman Oy tutilişi juda kiçik fazada kuzatiladi. Navoiy, Buxoro Samarqand, Qarşi, Jizzax va Termiz hududlari aholisi esa 25-35 foiz tösiliş guvohi bölişi mumkin. Toşkent, Guliston, Farğona, Namangan va Andijon hududlarida esa tutiliş fazasi maksimumi 50 foizdan 78 foizgaça böladi (2-jadval). Oy tutilişi Oy gorizontdan kötarilişidan avval boşlangan böladi. Şuning uçun Özbekistonning aksariyat hududlarida tutilişning maksimal fazasi Oy ufqdan kötarilganidan keyin bir neça daqiqa ötib kuzatiladi. Uşbu tutilişni eng uzoq vaqt va eng katta fazasiga Andijon viloyati aholisi guvoh bölişi mumkin. Andijonda tutiliş fazasi maksimumi 78 foiz bölib, davomiyligi 54 daqiqani taşkil etadi.
Töliq Oy tutilişi haqida qisqaça ma’lumot
Töliq Oy tutilişi deb, Quyoş-Yer-Oy bir çiziqqa joylaşib, Oy yuzasining töliq Yer soyasiga kirişiga aytiladi. Töliq Oy tutilişi Quyoş tutilişidan farqli holda, uzoq vaqt davom etadi.

Şu örinda ayrim körsatmalar va tavsiyalar:
Oy tutilişini qurollanmagan köz bilan kuzatiş mumkin. Oy tutilişi qurollanmagan köz bilan köriş xavfsiz. Oy tutilişini kuzatiş Quyoş tutilişidan farqli ölaroq, Oyning töliq tutilişini kuzatiş uçun heç qanday maxsus jihozlarni talab qilmaydi.
Qöşimça ma’lumotlar:











