Xitoy 2030 yillar örtalariga qadar Tsinxay viloyatidagi Sayşiten toği çöqqisida dunyodagi eng yirik astronomiya markazini barpo etişni rejalaştirmoqda. Ayni paytda u yerda eng kuçli optik teleskoplardan biri qurilmoqda.
Teleskoplarning diametri 6,5 metrdan 14,5 metrgaça böladi va ular önlab kiçikroq qurilmalar bilan birgalikda işlaydi, dedi Pekindagi Xitoy Milliy astronomik observatoriyalari (NAOC)ning maydonni rejalaştiriş böyiça boş ilmiy rahbari Den Litsay.
«Ularning umumiy yoruğlik töplaş qobiliyati Havayidagi Mauna-Kea çöqqisida joylaşgan teleskoplar imkoniyatlaridan yuqori bölişi kutilmoqda», — dedi u.
Mauna-Kea — AQŞning Havayi ştatidagi toğ bölib, uning çöqqisida Maunakea Observatories observatoriyalar majmuasi joylaşgan. U dunyodagi eng yirik va eng muhim observatoriya majmualaridan biri hisoblanadi. U yerda ikkita 10 metrli Keck, 8,2 metrli Subaru va 8,1 metrli Gemini North teleskoplari joylaşgan.
Litsayning sözlariga köra, hozirda 14,5 metrli Katta optik teleskop (LOT) va 6,5 metrli köp obektli kuzatuv teleskopi (MUST) uçun maydon tayyorlaş, közgularni sayqallaş hamda qurilmalarni işlab çiqiş işlari olib borilmoqda. LOT loyihasining qiymati 2,5 milliard yuan (taxminan 369 mln dollar)ni taşkil etadi. Ularni 2030 yilda işga tuşiriş rejalaştirilgan.
2016 yil sentabrda Xitoy dunyodagi eng yirik FAST (Five hundred meter Aperture Spherical Telescope) radioteleskopidan foydalanişni boşlaganini, 2023 yil iyulda esa dunyodagi eng yirik quyoş radioteleskopi — Daocheng Solar Radio Telescope (Daoçen quyoş radioteleskopi) işga tuşirilganini ma’lum qilgandi.












