Yevropa Ittifoqining uçta davlati – Daniya, Çexiya va Vengriya politsiyasi öz davlatlari hududida Ukrainadan olib kelingan qurol-yaroğ izlari qayd etilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda 9 noyabr, çorşanba kuni ertalab bölimlarga tegişli sörovlar yuborgan RBK onlayn-naşri xabar berdi.
Daniya politsiyasining Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi aloqa bölimi boşliği Pia Bryuggerning sözlariga köra, Ukrainadan olib kelingan qurollar mamlakatda «röyxatga olinmagan».
Vengriya milliy politsiyasi, şuningdek, «bu mamlakatdagi jinoiy guruhlardan dastlab Ukraina uçun möljallangan birorta ham qurol olib qöyilmaganini» va Ukrainadagi harbiy mojaro xavfsizlikning umumiy darajasiga salbiy ta’sir körsatmaganini ta’kidladi.
Çexiya politsiyasining kommunikatsiya va taşqi aloqalar bölimida Ukrainaga möljallangan qurol kontrabandasi ehtimoli haqidagi xabarlar «dezinformatsiya» deb topildi.
Germaniya Federal jinoiy politsiya boşqarmasi ham Ukrainadan qurol-yaroğ kontrabandasi ehtimoli haqidagi xabarlarni haqiqatga töğri kelmaydi, deb atadi. Şu bilan birga, politsiya finlandiyalik hamkasblarining 1 noyabrdagi press-reliziga tayanib, huquq-tartibot idoralarida Ğarb tomonidan Kiyevga uzatilgan qurollar Finlandiya uyuşgan jinoiy guruhlari qöliga tuşgani haqidagi xabarlarga heç qanday tasdiq yöqligini körsatdi.
Avvalroq, 30 oktyabr kuni Finlandiya Markaziy jinoiy politsiyasi jinoyat qidiruv departamenti komissari Krister Ahlgren Yle davlat mediakompaniyasiga bergan intervyusida Ukrainaga Rossiya bosqinidan himoya qiliş uçun yuborilgan qurol-yaroğlar Finlandiya jinoiy guruhlarining qöliga, xususan, xalqaro baykerlar klubi darajasidagi yordam bilan tuşgan bölişi mumkinligini aytgan edi.
Unga köra, Ukraina uçun möljallangan qurollar Şvetsiya, Daniya va Niderlandiyada ham topilgan.
Biroq, 1 noyabr kuni Finlandiya politsiyasi Ahlgrenning da’volarini amalda rad etdi. «Mutaxassisimiz bergan intervyuga asoslanib, qurol Finlandiyaga olib ketilgan degan taassurot paydo bölişi mumkin. Biroq, bunday hodisaga dalil yöq. Bizning maqsadimiz Finlandiyada jinoyatçilar faoliyat yuritişi mumkinligini ta’kidlaş edi. Ular nizo hududlaridan qurol olişga harakat qilmoqda», deyiladi politsiya boşliği örinbosari Markus Vyalimyaki bayonotida.
Iyul oyida Germaniyaning SWR ommaviy huquq mediakompaniyasi Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati (Yevropol) tomonidan Yevropa Ittifoqi Kengaşiga yuborilgan maxfiy hisoboti haqida xabar berib, huquq-tartibot idoralari xodimlari Ukrainani öqotar qurollar bilan tark etişga uriniş holatlaridan xabardor ekanliklarini körsatgan edi. Politsiya xizmati, şuningdek, uşbu hujjatdan kelib çiqqan holda, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan çegarasida kontrabandani taşkil qiliş uçun maxfiy joylar taşkil etilganini taxmin qilmoqda.
Yevropol matbuot kotibi Yan Op Gen Oort dpa axborot agentligiga öşa paytda Ukrainadan öqotar qurol va boşqa harbiy tovarlarning noqonuniy savdosi holatlari qorabozorda qayd etilganini aytdi. Ayrim Yevropa Ittifoqi davlatlarining huquq-tartibot idoralari oğir qurollar savdosini istisno qilmayapti. «U uyuşgan jinoiy guruhlar yoki terrorçilar qöliga tuşib qoliş xavfi bor», — dedi Yevropol vakili.













