AQŞ prezidenti Jo Bayden Kongressga oraliq saylovlardan keyin Vaşington Ukrainaga yordam berişda davom etişiga umid qilmoqda. Bu haqda u 9 noyabr, çorşanba kungi matbuot anjumanida ovoz beriş natijalarini sarhisob qilişning dastlabki natijalariga izoh berib aytib ötdi.

Baydenning qayd etişiça, muxolifatdagi Respublikaçilar partiyasining bu saylovlardagi muvaffaqiyati hozirça kutilgandek katta emas. Demokratlar Vakillar palatasi ustidan nazoratni yöqotayotganga öxşaydi, biroq Senatda köpçilikni qölga kiritiş imkoniyatlarini saqlab qolmoqda – hammasini Arizona va Nevada ştatlarida davom etayotgan ovozlarni sanaş va Jorjiyada 6 dekabrga belgilangan ikkinçi tur hal qiladi.

Bayden «respublikaçi hamkasblari bilan işlaşga tayyor» ekanini aytdi va «Ukrainadagi Rossiya agressiyasiga qarşi turişda ikki partiyaviy yondaşuv» davom etişiga umid bildirdi. Avvalroq respublikaçilar oraliq saylovlarda ğalaba qozongan taqdirda, Kiyevga harbiy va gumanitar yordam qanday yetkazilişi ustidan nazoratni kuçaytirişga va’da bergan edi.

Rossiya mudofaa vazirining Xersondan çekiniş haqidagi buyruğini izohlar ekan, Bayden bu Rossiya armiyasi uçun «katta muammolar»dan darak berişini aytdi. U, şuningdek, Moskva öz qarorini e’lon qiliş uçun AQŞdagi «saylov natijalarini kutgani»ni «qiziq» deb atadi - buni Vaşington, Baydenning sözlariga köra, allaqaçon bilib bölgan.

Amerika prezidenti, şuningdek, Indoneziyadagi G20 sammitida G20'ning boşqa a’zolari bilan Ukrainadagi mojaroni hal qiliş yöllarini muhokama qilmoqçiligini aytdi. «Menga Rossiya prezidentining u yerga kelişi dargumon ekanligini aytişdi. Ammo boşqa iştirokçilar ham böladi», - dedi Bayden.