Stremousovning halokati haqidagi xabarni dastlab rossiyaparast blogerlar, keyin davlat naşrlari tarqatdi. Bu xabarlarda u yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölgani aytildi.
Keyin esa Xerson oblastining annexia qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan rahbar Vladimir Saldo ham uning ölimini tasdiqladi: «U Xerson oblasti hududida, avtomobilida harakatlanayotib, YTHga uçraşi oqibatida vafot etdi».
Kun avvalida harbiy blogerlar Xersondagi ma’muriy binolardan Rossiya bayroqlari olib qöyilayotganiga e’tibor qaratişgandi. Joriy haftada Xerson oblastining istilo ostidagi hukumati tinç aholi vakillari Dnepr sohiliga evakuatsiya qilinişi (ukrain rasmiylari buni majburiy deportatsiya deb baholagan) yakunlangani haqida xabar bergandi. Rossiya tomonidan tayinlangan mulozimlar ham ukrainlar qarşi hujumi boşlanişi arafasida Dneprning çap sohiliga köçib ötgandi.
Stremousov kim edi?
Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qadar Stremousov taniqli faollardan bölgan, deputatlik va Xerson merligi uçun nomzodini qöygan, şuningdek, pandemiya davrida vaksinatsiyaga qarşilik harakati yetakçilaridan bölgan. 2019 yilda uni Xersondagi gazetalardan birining tahririyatiga közdan yoş sizdiruvçi gaz va travmatik qurol bilan uyuştirilgan hujumda iştirok etişda gumon qilişgandi.
Xerson uruşning ilk kunlaridayoq rossiyalik harbiylar tomonidan bosib olindi.
2022 yilning 16 martida, Xerson oblasti Rossiya nazoratiga ötganidan bir neça hafta ötib, internetda Xerson oblasti kengaşidagi yiğiliş videosi paydo böldi, unda bir neça kişi «tinçlik va tartib uçun najot qömitasi» tuzilganini e’lon qiladi.
Bu qömita boşqaruvini egallagan Stremousov «region Rossiya bilan savdo-iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy aloqalarni yölga qöyişni istaşi»ni ma’lum qiladi.
27 aprel kuni RIA Novosti Xerson oblastida yangi ma’muriyat şakllantirilgani, şu jumladan Xerson şahrining ham yangi ma’muriyati tuzilganini xabar qildi. Oblast ma’muriyati rahbarligini 65 yoşli Saldo egalladi, u 2002-2012 yillarda Xerson şahri meri bölgan va «Regionlar partiyasi»dan Ukraina Oliy radasi xalq deputati etib saylangan. Saldoning örinbosari etib Stremousov tayinlanadi - amalda aynan u hududning asosiy rahbari böladi.
Stremousov Xerson oblastida mustaqillik e’lon qilmasdan va «referendum» ötkazmasdanoq Rossiya tarkibiga qöşişni (Kreml keyinroq boşqaçaroq yöl tutdi) hamda boşqa şov-şuvli bayonotlarni bergandi.
Çorşanba kuni «Verstka» naşri davlat naşrlariga bir neça rossiyalik siyosatçilar, jumladan Stremousovdan iqtibos keltirişni kamaytiriş tavsiya etilgani haqida xabar berdi (göyoki Kreml axborot maydonida nazoratni yanada qat’iylaştirmoqçi bölgan).
Ukrainaning qarşi hujumi
Sönggi kunlarda u doimiy ravişda frontdagi vaziyat haqida hisobot berib turgandi va Rossiya kuçlari Ukraina armiyasining hujumlarini qaytarayotganini aytayotgandi.
Çorşanba kuni tongda Stremousov Ukraina qurolli kuçlari Xersondan şimolda bir vaqtning özida uç yönalişda, jumladan Xersondan taxminan 50 kilometr masofadagi Snigirevka şahri hududida hujumga ötganini ma’lum qildi.
«Raqib ikki yönalişda yöqotişlarga uçrab, çekingan bölsa, frontning Snigirevka uçastkasida tongda oğir janglar boşlandi. Uşbu aholi yaşaş punkti hozirda harbiy harakatlar hududida qolmoqda, raqibga aviatsiya, artilleriya va texnika bilan zarba berilmoqda», degandi u telegram-kanalida.













