«Öng sohilda birorta harbiy texnika va qurol qolmadi. Barça rossiyalik harbiy xizmatçilar Dneprning çap sohiliga olib ötildi. Rossiya qurolli kuçlari tuzilmalari va harbiy qismlari oldindan tayyorlangan mudofaa çiziqlari va pozitsiyalarini egalladi.

Rossiya qöşinlari guruhining şaxsiy tarkib, qurol-yaroğ, harbiy texnikalar va moddiy vositalarida yöqotişlarga yöl qöyilmadi», deyilgan vazirlik xabarida.

RF mudofaa vazirligining Ukraina janubidagi vaziyat aks etgan xaritasida Xerson Ukraina nazoratiga qaytgani aks etgan

RF mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konaşenkovning sözlariga köra, tunda rossiyaliklarning çekinişi çoğida Ukraina qurolli kuçlari «tinç aholi va qöşinlarni Dneprning çap sohiliga olib ötiş jarayonini barbod qilişga uringan». Xususan, daryoni keçib ötiş joyiga HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimining beşta snaryadi kelib tuşgan.

  • 9 noyabr kuni RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu Rossiyaning Ukrainadagi qöşinlari qömondoni general Sergey Surovikinning taklifiga rozilik bergan holda, Xersondagi qöşinlarni Dneprning öng sohiliga olib ötişni buyurgandi. Bu qaror şaharning tölaqonli ta’minoti imkonsizligi va rossiyalik harbiylar hayotini saqlab qoliş zarurati bilan izohlandi. Xerson Rossiya armiyasining Ukrainaga bosqini boşlanganidan buyon egallab olingan yagona oblast markazi bölib turgandi.