Turkiyaning Istanbul şahrida sayyohlar orasida maşhur bölgan Istiqlol köçasida portlaş sodir böldi.

Voqea joyida olingan videolarda yerda yotgan odamlar aks etgan.

Istanbul gubernatori Ali Yerliqoya Istiqlol köçasidagi portlaş oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi. U tafsilotlarni keltirmagan.

«Bugun soat 16.20 atrofida Istiqlol köçasida portlaş röy berdi. Voqea joyiga xavfsizlik xizmatlari, şifokorlar, öt öçiriş xizmati va avariya-qutqaruv xizmatlari yöllangan. Qurbonlar va yaralanganlar bor. Voqealar rivoji jamoatçilikka ma’lum qilib boriladi», deya yozgan u.

Mahalliy OAVda dastlab kamida tört kişi halok bölgani, 36 kişi yaralangani xabar qilindi. 

Keyinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan qurbonlar soni 6 nafarligi, 53 kişi yaralanganini ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, portlovçi qurilmani xudkuş terrorçi harakatga keltirgan. Istanbul prokuraturasi hodisani terrorçilik akti sifatida baholadi.

«Olingan ma’lumotlarga köra, gap terakt haqida ketmoqda, bu xudkuş terrorçi bölişi mumkin; şuningdek portlovçi qurilmalar örnatilgan sumka haqida aytişmoqda», deya xabar beradi CNN Turk muxbiri Fulya Özturk.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolarda portlaş vaqtida köça odamlar bilan gavjum bölganini köriş mumkin.

Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi hodisa yuzasidan munosabat bildiri, hozirga qadar hodisa oqibatida jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari mavjudligi haqida ma’lumot yöqligini ma’lum qildi.