Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro-Toşkent yönalişida harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdining lokomotivida qon izlari borligi va u nimanidir yoki kimnidir urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan transport prokuraturasi ma’lumot berdi.
Aniqlanişiça, 2022 yil 11 noyabr kuni soat 05:31 da “Buxoro-Samarqand-Toşkent yönalişidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Afrosiyob” tezyurar yölovçi poyezdi Zirabuloq – Kattaqörğon temiryöl bekatlari oraliğining 3816-kilometri 3-piketida temiryöl izida qarovsiz yurgan 18 boş qöyni urib yuborgan.
Mazkur holat böyiça hujjatlar rasmiylaştirilib, qöylarning egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlaş boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq, “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Qaşqadaryoda 4 yoşli boğça bolasini bosib ketgan va u halok bölgandi.












