Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Afrosiyob» tezyurar poyezdi 4 yoshli bog‘cha bolasini bosib ketdi
Bola oilaviy bog‘chada nazoratsiz qoldirilgani tufayli uning yaqinidan o‘tgan temiryo‘lga chiqib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda 4 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisini «Afrosiyob» tezyurar poyezdi urib ketgani haqida xabar va video tarqaldi. Poyezddan olingan videoda bola temiryo‘lda o‘ynayotgani va poyezd bosib ketgani tasvirlangan. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2022 yil 9 sentabr kuni soat Qarshi—Maroqand temiryo‘l yo‘nalishining Koson tumani, «Qo‘ng‘irtog‘» MFY hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan «Afrosiyob» tezyurar poyezdi bilan sodir bo‘lgan.
2019 yilda tug‘ilgan bola oilaviy bog‘chada nazoratsiz qoldirilgani tufayli bog‘cha yaqinidagi temiryo‘lga chiqib ketgan. Oqibatda bolani poyezd bosib ketgan va u vafot etgan.
«Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi» deyiladi munosabatda.
Avvalroq, Jizzaxda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ikki nafar bolani urib yuborgan. 2007 yilda tug‘ilgan bolalardan biri vafot etgan, ikkinchisi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026