Uning sözlariga köra, rus armiyasi qoçib ketayotganida «umidsizlikdan tinç odamlar bilan jang qilişni boşlaydi».
Bundan taşqari, öng qirğoqda elektr, issiqlik va suv ta’minotini ta’minlovçi muhim infratuzilma ham şikastlangan, deb ta’kidlab ötdi Yanuşeviç.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, rus armiyasining Xersondan olib çiqilişi Rossiya Federatsiyasi «obrösiga katta putur yetkazadi», çunki u uruş boşidan beri uşbu qöşinlar tomonidan qölga kiritilgan yagona mintaqaviy markaz edi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining Twitter'da e’lon qilingan hisobotiga köra, «qöşinlarning olib çiqilişi - Dnipro ğarbiy qirğoğida Rossiya qöşinlari duç kelayotgan qiyinçiliklarning oşkora tan olinişidir».
Britaniya harbiylarining taxmin qilişiça, qöşinlarni olib çiqiş 2022 yil 22 oktyabrda boşlangan bölişi mumkin, öşanda Xersonda Rossiya tomonidan tayinlangan rasmiylar tinç aholini şaharni tark etişga çaqirgandi.
Ta’kidlanişiça, rossiyalik harbiylar, jumladan, fuqarolik kiyimida, 80 000 nafar «evakuatsiya qilinganlar» bilan birga şaharni tark etgan bölişi mumkin.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiya qöşinlari bu jarayon davomida Dnipro böylab ötgan avtomobil va temiryöl köpriklarini vayron qilgan.
«Ehtimol, Rossiya hamon daryo orqali mintaqaning boşqa hududlaridan kuçlarini şarqiy qirğoqdagi mudofaa pozitsiyalariga evakuatsiya qilişga urinmoqda», deyiladi hisobotda.













