DW xabariga köra, evakuatsiya yakunlanganini 30-oktabr oqşomida Rossiya ombudsmani Yana Lantratova maʼlum qilgan. Ukraina Oliy radasi deputati David Araxamiya ham buni tasdiqlagan.

Araxamiyaning aytişiça, Ukraina delegatsiyasi va Kiev nazoratidagi hududga ketişni istagan aholi Rossiyaning Anapa şahriga yöl olgan. U yerdan ular samolyotlarda Belarusga, keyin esa avtobuslarda Ukrainaga olib boriladi.

Evakuatsiya uçun jami 750 yölovçiga möljallangan 25 ta avtobus, şuningdek, harakatlanişi çeklangan odamlar uçun tez yordam maşinalari tayyorlangan. Biroq AP agentligiga köra, Rossiya va Ukraina şahardan olib çiqilganlarning yakuniy sonini oçiqlamagan.

Ukraina ombudsmani Dmitriy Lubinets AQŞ birinçi xonimi Melaniya Tramp muvofiqlaştiruvida bunday gumanitar missiyalar davom etişiga umid bildirgan. Uning taʼkidlaşiça, Rossiya ombudsmani bilan hamkorlikda erişilgan kelişuvlar odamlarga amaliy yordam körsatiş imkonini bergan.

Şaharda qolişni istagan aholiga ham oziq-ovqat, dori-darmon va boşqa zarur gumanitar yordam yetkazilgan.

Oleşki Dnipro daryosining Rossiya qöşinlari bosib olgan çap sohilida joylaşgan. Keng kölamli uruş boşlanişidan avval şaharda qariyb 24 ming kişi yaşagan. Evakuatsiya arafasida esa turli hisob-kitoblarga köra, 1700–2000 nafar aholi qolgan.

2023-yil iyunida Kaxovka GESi töğoni vayron bölgaç, şaharning katta qismi suv ostida qolgan. Sönggi oylarda oziq-ovqat, dori-darmon va içimlik suvi tanqisligi aholining ahvolini yanada oğirlaştirgan.