DW xabariga köra, uşbu yönaliş öt oçişni töxtatiş haqidagi kelişuvda belgilangan. Hujjatning ayrim sahifalarini 28-oktabr kuni AQŞning Fox News telekanali eʼlon qilgan.
Kelişuvga binoan, evakuatsiyadan söng Ukraina nazoratidagi hududga borişni xohlaganlar avval Rossiyaning Anapa şahriga olib boriladi. Keyin ular Rossiya Mudofaa vazirligi samolyotida Gomelga yetkaziladi va u yerdan Ukrainaga ötkaziladi.
Evakuatsiya qilinayotganlarga kimlar hamroh böladi?
Aholiga Ukraina inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets, uning idorasidan ikki nafar vakil va ikki ukrainalik jurnalist hamroh böladi.
Ular bilan birga Belarusga Rossiya ombudsmani Yana Lantratovaning vakillari hamda gumanitar missiyani muvofiqlaştiruvçi guruh aʼzolari ham boradi.
28-oktabr tongida Ukraina va Rossiya ombudsmanlari sulh boşlanganidan buyon ötgan 30 soat davomida uni buziş holatlari qayd etilmaganini maʼlum qilgan.
Lubinets tomonlar doimiy aloqada bölib, kelişuvlarning bajarilişini muvofiqlaştirayotganini bildirgan. U gumanitar missiyadagi iştiroki uçun AQŞning birinçi xonimi Melaniya Trampga ham minnatdorlik izhor qilgan.
Sulh 1-noyabrgaça davom etişi belgilangan
Oleşki atrofida öt oçişni töxtatiş rejimi 27-oktabr kuni Kiev vaqti bilan soat 03:00 da boşlangan. U 1-noyabr soat 22:59 gaça amal qilişi belgilangan.
Şu vaqt içida oziq-ovqat va dori-darmon keskin yetişmayotgan şaharga gumanitar yordam yetkaziş hamda aholini evakuatsiya qiliş közda tutilgan.
Save Ukraine taşkiloti boş yuristi Miroslava Xarçenko DW bilan suhbatda odamlarni olib çiqişdan avval şaharga olib boruvçi yöllarni minalardan tozalaş uçun vaqt kerak bölişi mumkinligini aytgan.
Rossiya va Ukraina Oleşkiga muntazam gumanitar yordam yetkaziş, sulh tugaganidan keyin esa Xerson viloyatining boşqa aholi punktlaridan ham odamlarni evakuatsiya qilişga kelişgan. Bunday tadbirlarni Melaniya Tramp kömagida kamida oyiga bir marta ötkaziş nazarda tutilgan.

















