Ukraina qurolli kuçlari tarixda ilk bor dron yordamida front çiziğidagi yarador harbiy xizmatçisining muvaffaqiyatli evakuatsiyasini amalga oşirdi. Reuters agentligi 49 yoşli Konstantin Vlasenkoning qutqarilişi tarixini uning tilidan hikoya qildi.
Konstantin Vlasenko 2025-yil may oyida Xarkiv oblasti Kupyansk yönalişida xizmat qilgan. U va Baski laqabli şerigi front çiziğidagi xandaqda pozitsiyani uşlab turişgan. Ularga oziq-ovqat va öq-dori dron orqali yetkazib berilgan. Ularga boşqa yöl bilan taʼminot yetkazişning imkoni yöq edi – duşmanning behisob dronlari tufayli front çiziğidagi har qanday harakatlaniş ölimga olib kelişi mumkin edi, deya qayd etadi Reuters.
2025-yil kuzida ularni rotatsiya qiliş vaqti keladi, ammo ularning örnini egallaş uçun yöl olgan ikki jangçi pozitsiyaga yetib bormasdan dronlar zarbasiga uçraydi. Şundan keyin jasadlarni olib keliş uçun jönatilgan yana ikki jangçi ham halok böladi. Vlasenkoning hikoya qilişiça, öşanda u «bu yerdan tirik çiqib bölmaydi» deya öylay boşlagan.
Fevral oyi örtalarida, okopda ötgan 10 oydan keyin Vlasenko va Baski pozitsiyasini taşlab çiqişiga töğri keladi, çunki okopni suv bosadi va ular vayron bölgan maktab binosiga köçib kirişadi. Ammo dron orqali taşlangan yegulik va kiyimlarni oliş uçun taşqariga çiqişganida, ularni Rossiya razvedka droni payqab qoladi. Şundan keyin bu yerga boşqa bir dron uçib kelib, pozitsiyaga zarba beradi, öşa kuni 50 yoşini nişonlaşi kerak bölgan Baski darhol halok böladi.
Vlasenkoning çap oyoğining kaft qismi majaqlanib ketadi, öng oyoği esa sinib, teskari bölib qolgandi. U özi uçun pana joy topib, u yergaça sudralib borişga muvaffaq böladi – bu maktabni isitiş uçun möljallangan metall kotyol ostidagi taxminan 80 ga 60 santimetr ölçamdagi çuqurça edi.
Vlasenkoning hikoya qilişiça, uning çap oyoği asta-sein «çiriy boşlaydi», öng oyoğining boldir qismida esa suyagi taşqariga çiqib qolgandi – va u ikkala oyoğini ham kesib taşlaşga qaror qiladi. «Men ularni amputatsiya qilişga majbur böldim, çunki baribir şunçaki sudralib yurardim. Suyak borgan sari börtib çiqayotgandi», – degan u.
Vlasenko «umidini yöqota boşlaganida», uning komandirlari evakuatsiya yölini izlay boşlaydi, deya yozadi Reuters. Duşman dronlari tufayli uni zirhli texnikada olib ketib bölmasdi, şuning uçun, avvaliga uni quruqlikda harakatlanuvçi robotlaştirilgan platforma orqali evakuatsiya qilmoqçi bölişadi – ammo Rossiya dronlari bunday qurilmalardan ikkitasini Vlasenkoning oldiga yetib bormasidan yöq qiladi.




















