«Futbol — bu yaxşilik uçun kuçdir. Futbol dunyodagi muammolarni hal qila olişiga işoniş – xomxayollik emas. Asosiy maqsadimiz – sport böyiça taşkiliy işlar ekanini yaxşi anglaymiz. Futbol odamlarni birlaştirişini inobatga olsak, 5 milliard odam tomoşa qiladigan bölajak jahon çempionati tinçlik uçun ijobiy turtki bölişi mumkin.
Rossiya 2018 yilgi jahon çempionatini ötkazdi, Ukraina esa 2030 yilgi mundialni ötkazişga ariza topşirmoqçi. Ehtimol, 2022 yilgi jahon çempionati tinçlik sari ijobiy turtki bölar. Davlat rahbarlaridan futbol böyiça jahon çempionati ötadigan bir oy davomida öq otişni töxtatişni sörab qolardim. Tinçlik uçun birinçi qadamni taşlang. Jahon yetakçilarisiz, sizda tarixiy özgariş qilişga imkoniyat bor.
Futbol böyiça jahon çempionati birlaşiş uçun ajoyib platforma. Şunday ekan, keling bundan foydalanaylik va mojarolarga barham beriş uçun qölimizdan kelganini qilaylik», - deya Infantino sözlarini keltirgan FIFA rasmiy sayti.
Eslatib ötamiz, Qatardagi mundial 20 noyabr – 18 dekabr kunlari bölib ötadi.













