Polşa Taşqi işlar vazirligi Rossiya elçisi Sergey Andreyevni Polşaning Ukraina bilan çegaradoş Pşevoduv qişloğida yuz bergan portlaş munosabati bilan çaqirtirdi. Bu haqda 15 noyabr, seşanba kuni Polşa Taşqi işlar vazirligi saytida xabar berildi. 

Taşqi işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, Rossiya qurolli kuçlari tomonidan Ukraina hududini «köp soatlik ommaviy öqqa tutiş» vaqtida, «soat 15:40 da Rossiyada işlab çiqarilgan raketa Xrubeşovskiy tumani Lyublin hududi Pşevoduv qişloği hududiga qulagan», natijada ikki Polşa fuqarosi halok bölgan. «Şu munosabat bilan taşqi işlar vaziri Zbignev Rau Rossiya elçisini zudlik bilan batafsil tuşuntirişlar beriş talabi bilan çaqirtirdi», — deyiladi xabarda. 

Şu bilan birga, Polşa prezidenti Anjyey Duda matbuot anjumanida Polşa hududiga qulagan raketaning Rossiyada işlab çiqarilganligini taxmin qilgan bölsa-da, aniq dalil yöqligini aytdi. «Ayni paytda bizda bu raketani kim uçirgani haqida aniq dalillar yöq. Suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Katta ehtimol bilan bu Rossiyada işlab çiqarilgan raketa bölgan», deb yozgan Duda Twitter’da.

Polşa davlati rahbarining idorasi portlaş oqibatida ikki kişi halok bölganini tasdiqladi. Polşa voqea munosabati bilan qurolli kuçlar, jumladan, havo hujumidan mudofaa kuçlarining tayyorgarligini oşirdi, deya qöşimça qildi Duda. 

15 noyabr kuni keçqurun Duda Polşadagi portlaş munosabati bilan NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg va AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan alohida telefon suhbatlari ötkazdi, deb xabar berdi Polşa prezidenti idorasi. 

Stoltenberg voqeani Duda bilan muhokama qilganini tasdiqladi. «Men insonlarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirdim. NATO vaziyatni kuzatmoqda va ittifoqçilar yaqindan maslahatlaşmoqda. Barça faktlar aniqlanişi muhim», - deb yozdi u Twitter’da suhbatdan söng. 

Oq uy Bayden va Duda keyingi qadamlarni yaqindan muvofiqlaştirişga kelişib olganini aytdi. «Prezident Bayden Qöşma Ştatlarga Polşa böyiça tergovda har tomonlama yordam berişni taklif qildi. Prezident Bayden Qöşma Ştatlarning NATOga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi», - deyiladi press-relizda. 

Duda Amerika yetakçisi bilan suhbatdan söng Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga qönğiroq qildi. «Men Polşa prezidenti Anjyey Duda bilan gaplaşdim. Polşa fuqarolarining Rossiya raketa terrori oqibatida halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirdim. Biz mavjud ma’lumotlarni almaşdik, barça faktlarni aniqlayapmiz. Ukraina, Polşa, butun Yevropa va dunyo Rossiyadan butunlay himoyalangan bölişi kerak», — deb yozdi Ukraina rahbari Twitter’da. 

Bundan taşqari, Polşa prezidenti Germaniya kansleri Olaf Şols va Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Şols Duda bilan suhbat çoğida hamdardlik bildirdi, deb yozdi Germaniya hukumati vakili Şteffen Xebestreyt Twitter’da. «Polşa keça tunda mamlakatning ikki fuqarosi halok bölgan voqea holatlarini çuqur örganib çiqadi. Germaniya NATOdagi hamkori - Polşa tomonida», - deyiladi xabarda. 

«Buyuk Britaniyaning Polşa bilan birdamligini yana bir bor tasdiqladim va halok bölganlar yaqinlariga hamdardlik bildirdim. Biz yaqin aloqada bölib qolamiz va NATOdagi ittifoqçilarimiz bilan harakatlarni muvofiqlaştirişda davom etamiz», deb yozdi Sunak suhbatdan söng Twitter sahifasida. 

Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyani Polşadagi portlaşga Ukraina zenit raketasi sabab bölgani haqidagi «notöğri» ma’lumot tarqatişda aybladi. «Rossiya hozirda Ukraina havo hujumidan mudofaa raketasi Polşa hududiga qulagani haqidagi fitna nazariyasini ilgari surmoqda. Bu töğri emas. Rossiya propagandasi bilan öynaş yoki uning xabarlarini tarqatiş kerak emas. Bu saboqni ança oldin, MH17 urib tuşirilgandan keyin oliş kerak edi», deb yozdi u Twitter’da.

Öz navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi Polşadagi portlaşlarga aloqasi yöqligini ma’lum qildi. «Ukraina-Polşa davlat çegarasi yaqinidagi nişonlarga Rossiyaning yöq qiliş vositalari bilan heç qanday zarba berilmagan», — deyiladi Rossiya vazirligi xabarida. 

Polşa Xavfsizlik va mudofaa böyiça hukumat qömitasi yiğilişi yakunlari böyiça mamlakat Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Yatsek Severa Varşava Şimoliy Atlantika alyansi nizomining törtinçi moddasidan foydalaniş uçun zarur şart-şaroitlarni tekşirayotganini aytdi. Bu alyansda iştirok etuvçi mamlakatlardan birining «hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki xavfsizligi»ga tahdid sezilgan taqdirda NATO a’zolari örtasida qöşma maslahatlaşuvlarni öz içiga oladi. 

Duda 16 noyabr kuni mamlakat Milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişini ötkazişga qaror qildi, dedi Polşa rahbarining idorasi boşliği Pavel Şrot. U soat 12:00 (Toşkent vaqti bilan 16:00) ga rejalaştirilgan, deb yozdi Şrot Twitter’da.