Zoomrad ilovasi bank ilovalari qatoriga deyarli 2 yil oldin qöşilgan. Dastlab, u mobil tölov tizimi va köp funksiyali onlayn-bankingni öz içiga olgan ilova edi.

Bugungi kunga kelib Zoomradʼdan 1 000 000 dan ortiq özbekistonlik foydalanadi, buning sababi esa oson boşqariladigan çiroyli interfeys: barça zarur tugmalar qöl ostida. 2022 yil boşida foydalanuvçilarni tezkor identifikatsiyadan ötkaziş funksiyasi joriy etildi, bu esa Özbekistonning istalgan bankiga tegişli karta egasi foydalana oladigan funksiyalar röyxatini kengaytirdi.

Identifikatsiyadan ötgan har bir foydalanuvçi uçun ilova içida onlayn depozit va kreditlar oçiş imkoni paydo böldi.

14 noyabr kuni ilovaning yanada kengroq xizmatlar doirasiga ega yangilanişi ommaga taqdim etildi.

Zoomrad foydalanuvçilari endi ilovada Visa va Humo virtual kartalarini oçişlari mumkin, bu sevimli saytlardan komissiyasiz xaridlar amalga oşiriş imkonini beradi. Buning uçun siz endi bankka borişingiz va çeksiz navbatlarda turişingiz şart emas.

Virtual Visa kartasi — tovarlar va xizmatlar uçun tölovlarni depozit va komissiyalarsiz amalga oşirişga imkon beradi. Avtomatik 3D-secure xizmati har qanday xaridni oson va xavfsiz qiladi.

Humo virtual kartasi — kontaksiz tölovlarni va xavfsiz xaridlarni amalga oşiriş imkonini beradi.

“Mening uyim” bölimi – kommunal xizmatlar, internet, telefon, issiqlik va boşqa xizmatlar uçun tölovlarni öz vaqtida tölaşga imkon beradi. Sahifaning özida, siz joriy balansni kuzatib borişingiz, xizmat uçun tölaşingiz, “Avtomatik tölov” va “Xabarnoma”ni örnatişingiz mumkin.

Face ID orqali identifikatsiyadan öting va uşbu bölimda avtomatik ravişda amalga oşirişingiz kerak bölgan barça tölovlar paydo böladi.

Aloqabank kartasi egalari endi Visa va Humo kartalariga pin-kodni bankka taşrif buyurmasdan, Zoomrad ilovasi orqali örnatişlari va pin-kod 3 marta notöğri kiritilib, karta bloklangan bölsa, uni ilovada blokdan çiqarişlari mumkin. Buning uçun “sms-xabarnoma” xizmatini oldindan faollaştirgan bölişingiz lozim.