Suhbat davomida mamlakatda işlab çiqarilayotgan va xorijga eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, quritilgan mevalar sifati va bu yönalişda faoliyat olib borayotgan korxonalar haqida ma’lumot berildi. Solih al-Zajjaliy aytişiça, hozirgi vaqtda Özbekistonda meva-sabzavotlarni yetiştiriş va qayta işlaş böyiça katta tajriba töplangan va bu mahsulotlarni eksport qiliş uçun yetarliça salohiyat mavjud. Ular öz sifati va ta’mi jihatidan arab bozorlari e’tiborini tortmoqda.

Solih al-Zajjaliy Azhar kompaniyasining «soğlom ovqatlaniş» dasturi doirasida kelgusida Ummon va Yaqin Şarq mintaqasi davlatlariga örik, uzum, şaftoli, olxöri, anjir va boşqa quritilgan mevalarni eksport qiliş istagini bildirar ekan, bu mahsulotlar tayyorlaniş jarayonlarini közdan keçiriş va eksportçi kompaniyalar takliflarini örganiş maqsadida joriy yil noyabr oyi oxirida Özbekistonga borişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi.