Germaniya kansleri Olaf Şols Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadan qöşinlarni olib çiqib ketiş va uruşni tugatişga çaqirdi. 

«Uruşni töxtat, qöşinlarni olib çiq va tinçlik uçun yölni oçib ber. Rossiya Ukraina oldiga tinçlik şartlarini qöya olmaydi», dedi Şols Baden-Vyurtembergdagi GSDP partiyasi konferensiyasida. 

Bundan taşqari, kansler «heç kim boşqa birovning hududini özlaştirib olişiga ruxsat berilmasligini» ta’kidladi. 

Avvalroq, Germaniya birinçi IRIS-T havo mudofaa tizimini Ukrainaga topşirgan, u «juda yaxşi» natijalarni körsatgan edi. 

Sentyabrda Ukraina Germaniyadan Mars II raketa tizimlari va Dingo zirhli transportyorlarini oldi. Şuningdek, mamlakat Ukrainaga yana törtta Panzerhaubitze 2000 öziyurar uskuna va öq-dorilar jönatilişini e’lon qildi. 

Şu bilan birga, Germaniya zamonaviy tanklarni Ukrainaga topşirişga şoşilmayapti. Olaf Şols Germaniya Leopard II tanklarini Ukrainaga yubormasligini, çunki «uruş kölamining kengayişiga» yöl qöymoqçi emasligini aytgan.