Moskva markazida, Komsomolskaya maydoni yaqinida kuçli yonğin sodir böldi. Uning maydoni taxminan 2500 kvadrat metrdan oşdi, deb xabar berdi 20 noyabr, yakşanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva böyiça boş boşqarmasi Moskva vaqti bilan soat 01.00 da olti kişi halok bölganini, yetti kişi evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi. Öt öçiruvçilarning favqulodda vaziyat joyiga kirişlari uçun kötariş mexanizmini örnatiş kerak bölgan.

Yonğin natijasida binoning tomi qulab tuşgan. Yonğinni öçirişga 80 nafar xodim va 20 dona texnika jalb qilingan.

Oçiq manba ma’lumotlariga köra, binoda mebel, yoritiş dökoni va gul dökoni joylaşgan. Rossiya FVVning Moskva böyiça boş boşqarmasi matbuot xizmati gullar ombori yonib ketganini ma’lum qildi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga köra, hodisaga elektr isitiş moslamasining nosozligi va elektr tarmoğining favqulodda işlaşi sabab bölgan.