Özbekiston hukumati istiqbolli qöşma loyihalar 50 foizini moliyalaştirişi, davlat korxonalarini çuqur xususiylaştirişga tayyorligi, eng muhim transport yöllari kesişmasida Özbekiston noyob geografik joylaşuvi fonida Ğarb va Şarq, Şimol va Janub örtasida qulay transport yölaklarini yaratadigan Xitoy – Qirğiziston - Özbekiston va Mozori-Şarif – Kobul - Peşavor temiryöllarini qurişi istiqbollari forum iştirokçilari qiziqişiga sabab böldi.

Qöşma loyihalarni amalga oşirişda yaşil energetika, avtomobilsozlik va butlovçi qismlar işlab çiqariş, farmatsevtika sanoati va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş kabi ustuvor tarmoqlarda fransuz tadbirkorlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorlik bildirildi.

Biznes-forum davomida Özbekiston va Fransiya vazirliklari, idoralari, yetakçi kompaniyalari, xoldinglari va harakatlari rahbarlari örtasida G2B hamda V2V uçraşuvlari taşkil etilib, unda iştirokçilar qöşma korxonalar taşkil etiş va özaro manfaatli savdo bitimlarini tuziş moliyaviy-texnik jihatlarini batafsil işlab çiqişga muvaffaq böldi.