JÇ-2022 turnirida ilk sensatsiya röy berdi — «Oq şaman» arab möjizasi muallifiga aylandi. Saudiya Arabistoni çempionatning asosiy favoritlaridan birini mağlubiyatga uçratdi.
JÇ-2022. S guruhi. 1-tur.
Argentina – Saudiya Arabistoni 1:2
Gollar: 1:0 – 10, penalti Messi, 1:1 – 48 Aş-Şahri, 1:2 – 53 Ad-Dovsariy.
Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero (Martines, 59), Talyafiko (Akunya, 71), Di Mariya, Gomes (Alvares, 59), Paredes (Fernandes, 59), De Paul, Messi, Martines.
Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Abdulhamid, Al-Bulayhiy, Tombakti, Aş-Şahroniy (Al-Breyk 90), Ad-Dovsariy, Al-Faraj (Al-Obid, 45; Al-Amriy, 88), Kanno, Al-Malki, Al-Bureykan (Assiriy, 89), Aş-Şahri (Al-Ganam, 78).
Ogohlantirişlar: Al-Malki (67), Al-Bulayhiy (75), Ad-Dovsariy (79), Abdulhamid (82), Al-Obid (88), Al-Ovays (90).
Messining oyoği
Öyindan oldingi matbuot anjumanida jahon çempionatlarida doim ham asosiy favoritlar ğalaba qozona olmasligi, boş sovrin uçun esa önga yaqin jamoa da’vogarlik qilayotganini muhokama etarkan, Lionel Skaloni taranglikni yumşatiş va jamoasidan bosimni olib taşlaşga urinayotgandek körindi. Ammo aynan şu boş murabbiy, yaxşi ma’noda Argentinadan oltindan boşqa narsa kutişmayotgani uçun javobgardir. Endilikda jamoani «Skaloneta» deb ataşayotgan va bu jamoa uç yildan oşiq vaqt davomida mağlub bölmayotgan, ötgan yili Amerika Kubogida 28 yillik tanaffusdan keyin ilk sovrinini qölga kiritgan bölsa, boşqa yana qanday munosabat bölişi mumkin edi?
Qolaversa, Messi va uning jahon çempionatida ğolib çiqiş orzusi mavzusidan uzoqlaşib bölmaydi. Leo — qariyb professional darajadagi diplomat bölsa ham, u asosiy favoritlar sifatida — Braziliya va Fransiyani keltirdi. Qolgan barça iboralar tartibli, muvozanatli va çuqur mulohazali böldi. Ammo bu jamoatçilik uçun aytilgan sözlar edi, u sardor sifatida jamoani jangga qanday boşlaşini (Messi Amerika Kubogi oldidan qilgan nutqni) Netflix çiqargan hujjatli filmda köriş mumkin.
Bu öyin oldidan köproq uning öz soğligi haqidagi sözlarini kutişdi. Çunki unga sönggi haftalarda klubida dam berilgan, terma jamoaning umumiy maşğulotlarida ham qatnaşmagandi. Messi barçasi joyida ekanini aytib, barçani tinçlantirgan bölsa-da, köpçilik ESPN naşrida argentinalik futbolçining boldir va tovoni örtasi şişib ketgani körsatilgan önlab suratlardan xavotirlanayotgandi. Kimdir şokka tuşgan bölsa, boşqalar omadsiz rakurs haqida gapirib, terma jamoaning maşğulotlaridagi boşqa yangi suratlarni körib çiqişga çaqirdi, muhokamalarga esa boşqa surat nuqta qöydi. Öşa qit’a finalidagi rasmda ham Messining oyoği bir xil körinardi, bu esa eski jarohat asorati edi.
16 yillik seriya
Barça şubhalarga sardorning familiyasi öyin uçun boşlanğiç tarkibda çiqqanida çek qöyildi — boş murabbiy u qadar kuçli bölmagan raqibga qarşi öta hujumkor tarkib tanlagandi. Ikki tayanç yarimhimoyaçisi va hujumkor kvartet, bunda Messi «önlik» pozitsiyasida joylaşdi. Ya’ni, Papu Gomes turnirni ötkazib yuborayotgan Lo Selsoni faqat nominal tomondan almaştirgan, bu esa Skalonining taktika boşqaça bölişi haqidagi sözlarini isbotladi.
Biroq, şakl mazmunni özgartirmadi va öyin boşlanişi bilanoq Argentina raqibga yuqori sur’atdagi öyinni taklif etdi. Birinçi hujumdayoq saudiyaliklar darvozaboni Al-Ovays qahramonlik körsatişiga töğri kelib, burçakka yönalgan töpni olib çiqdi, Messining yaxşi tayyorlanib bergan bu zarbasini qaytarib bölmaydigandek köringandi. Keyin qator standart vaziyatlar, VAR aralaşuvi, hakam monitorga borib jarima maydonida Paredas qöl bilan uşlab qolingani uçun penalti berilişi röy berdi.
One we won't forget in a hurry! 🤩
— FIFA World Cup (@FIFAWorldCup) November 22, 2022
🎥 Watch all the best bits on FIFA+#FIFAWorldCup | #Qatar2022
Argentinaliklar yetakçisi esa 11 metrdan turnirdagi ilk golini urdi. Bu bilan u yana bir tarixiy natija qayd etdi, şu vaqtgaça jahon çempionatlarida 16 yillik intervalda gol urgan futbolçi yöq edi.
Messidan taşqari yana tört futbolçi tört turnirda gol urgan — Pele, Uve Zeyeler, Miroslav Kloze va Kriştianu Ronaldu. Portugaliyalik yulduz Qatarda abadiy qoladigan rekordni örnatişi ham mumkin, çunki Leodan farqli ravişda u JAR-2010 turnirini ham golsiz tark etmagan va KXDR yirik hisobda tor-mor etilişida hissasini qöşgan.
Messi esa guruh bosqiçi yakuniga qadar mundiallardagi gollar soni böyiça Diyego Maradonaning rekordini (21) yangilaşi mumkin. U hozirça turnir tarixida «34+» yoş toifasida boşlanğiç tarkibda öynagan tört futbolçidan biriga aylandi. Holbuki argentinaliklarda şu kuni boşlanğiç tarkibda yetti nafar futbolçi jahon çempionatlaridagi ilk öyinini ötkazdi.
Renarning ssenariysi böyiça
Argentinaliklar ketma-ket hujum uyuştirişda davom etdi. Argentinaning Messi va Lautaro Martines (ikkita) ijrosidagi gollari ofsayd tufayli bekor qilindi, lekin ular keyingi urinişlarda hisobga olinadigan gollar urişi muqarrardek edi. Tanaffusga qadar janubiy amerikaliklar ofsaydlar soni (7) böyiça JÇ-2018 davomidagi körsatkiçini (!) yangilab qöydi. Buni hamma har xil talqin etdi. Braziliyadagi taniqli telekanallardan biri VAR ni tomoşaning asosiy duşmani deb atadi, ammo adolat uçun aytiş kerakki, bu Saudiya Arabistoni mudofaa çiziğining sa’y-harakatlari natijasi böldi.
Buni esa Erve Renar uçun maqtov deb ham baholaş mumkin. 54 yoşli fransuz mutaxassisi Afrikadagi faoliyati orqali közga taşlangandi, u bu qit’ada beş terma jamoa bilan işlab, Zambiya va Kot-d'Ivuarni Afrika çempioni qilgan. Endi esa bu qit’ada «Oq şaman» laqabini olgan mutaxassis Osiyoni zabt etmoqda.
Birinçi bölimda arablar favoritni ofsayd qopqoniga tuşirişda benazir harakat qildi. Ikkinçi bölimda esa argentinalik himoyaçilarni jazolay boşlaşdi — himoyaçilar oçiqçasiga oliftalik qilib, jarima maydonida bunday turnirga yaraşmaydigan xatolarga yöl qöyişdi.
Natijada Aş-Şahriy Romeroni yöldan olib, hisobni tenglaştirdi. Köp ötmay Ad-Dovsariy birinçi muvaffaqiyat tölqinida qoyilmaqom gol urdi, u öziga qarşilik qilgan De Paulni doğda qoldirgan holda töpni darvozaning olis burçagi tomon yölladi.
Al-Dawsari turned the game on its head with this absolute screamer! 🎯#LetItFly with @qatarairways pic.twitter.com/XoMPN1hnqH
— FIFA World Cup (@FIFAWorldCup) November 22, 2022
Buyoğiga saudiyaliklar natijani saqlab qoliş uçun jonini berişdi. Himoyaçilardan biri qulay pozitsiyaga çiqib borgan Messining oyoğiga taşlanib, hujumni bartaraf etdi. Darvozabon Al-Ovays esa Talyafikoning yaqin masofadan bergan zarbasiga aql bovar qilmas harakat bilan taşlandi. Darvozabon öyin oxirida töpga taşlaniş vaqtida öz himoyaçisi Aş-Şahroniyni ham ayamadi.

Şu kungaça 37 öyindan iborat mağlubiyatsiz seriya qayd etib kelgan Argentina Italiyaning rekordini takrorlaş arafasida töxtadi. Buni faqat aqldan ozgan yoki voqealarni oldindan köra biluvçi odam başorat qilişi mumkin edi. Bu tarsaki Janubiy Amerika çempionlarini yanada kuçliroq qiladimi yoki Messining Qatardagi turnir uçun maxsus tikilgan oltin butsalari uni baribir yaşirin orzusiga eriştira olmaydimi, buni vaqt körsatadi. Agar jamoa öyinida özgariş bölmasa — barçasi juda tez yakunlanişi mumkin.
D guruhi
Top-jamoalar bu turnirda qiynaladigan körinmoqda. Oldingi Yevro yarimfinalçisi Tunisga qarşi heç narsa qila olmadi
Daniya – Tunis 0:0 (0:0, 0:0)
Daniya – Şmeyhel, Kristensen, Ker (Yyensen, 65), Kristensen, Andersen, Mele, Dileyni (Damsgor, 45), Eriksen, Heyberg, Dolberg (Kornelius, 65), Olsen (Lindstrem, 65).
Tunis – Damen, Dreger (Keşrida, 88), Merya, Bronn, Talbi, Abdi, Sxiri, Layduniy (Sassi, 88), Sliman (Sliti, 67), Msakni (Mejbri, 80), Jyebali (Xenissi, 80).
Ogohlantirişlar: Kristensen (24), Yyensen (78), Xenissi (86).
Daniyaga Eriksen ham yordam berolmadi
Jahon çempionati iştirokçilari orasida Qatarni inson huquqlari buzilişida ayblaşda faol bölganlardan biri Daniya edi. Terma jamoa formasida ham norozilik belgisi sifatida logotiplar körinmaydi, uçinçi komplekt esa butkul qora rangda — JÇ obektlari qurilişida halok bölgan işçilar xotirasi uçun. Ularning birinçi turdagi raqibi — Tunis ham turnir arafasida sportga aloqasi yöq bölgan sabab bilan media mavzusiga aylangandi. Hatto mamlakat hukumati futbol federatsiyasi işiga aralaşayotgani vaji bilan terma jamoani turnirdan çetlatişlari mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgandi, ammo FIFA yakunda ogohlantiriş beriş bilan çeklandi.
Daniya Qatarga istalgan raqibga muammo tuğdirişi mumkin bölgan sirli toyçoq sifatida taşrif buyurgandi. Rossiyadagi jahon çempionatida daniyaliklar faqat penaltilar seriyasida bölajak finalçilar — xorvatlarga yutqazişgandi, Yevro-2020 da esa yarimfinalga qadar yetib borib, Angliya bilan tengma-teng öyin körsatgan, ammo overtaymda penaltidan gol ötkazgan holda turnirni tark etgandi. Bu jahon çempionatida ham tarkib öşa-öşa — buning ustiga, bir yarim yil avval jonli efirda huşidan ketgan Kristian Eriksen yana jamoa bilan. Muxlislar bu jamoadan kamida pley-offga çiqişni kutişga haqli.
Tunis terma jamoasi boş murabbiyi Jalol Qadriy bunday darajadagi raqib bilan ikkinçi raqam ostida öynaş kerakligini töğri angladi. Şu tufayli, u katta ehtimol bilan jamoaning taniqli va tajribali futbolçisi Vahbi Hazrini zaxirada qoldirdi — boşlanğiç tarkibda hujum uçligida tezkor futbolçilar tuşirildi. Ammo jamoa öyini uç markaziy himoyaçi va tayanç yarimhimoyasidagi Sxiri — Layduni juftligi asosiga qurildi. Layduni uçinçi daqiqadayoq podkat bilan Eriksenni töpsiz qoldirib, kökragiga urgança jilmayib, jamoa qanday kayfiyatda ekanini körsatdi (yakunda aynan u öyinning eng yaxşi futbolçisi deb topildi).
Jismonan yaxşi tayyorgarlik körsatgan Tunisning dinamikasi va tajovuzkorligi öyin teng kuçlar ostida keçişini ta’minladi. Daniyaliklar kutilganidek töpga egalik qilişdi, pozitsion hujumlar uyuştirişdi, Eriksen esa bir bölim davomida 7-8 marta standart vaziyatni ijro etdi. Ammo afrikaliklar jamoasi astoydil himoyalandi va skandinavliklar hujumlari dinamikasini öçirib turdi. Asosiysi — tunisliklar daniyaliklarning sönggi yillardagi quroli bölgan qanotlarini muvaffaqiyatli yopa oldi. Bundan taşqari, Tunis tanaffusga hisobdagi ustunlik bilan yöl olişi mumkin edi, ammo avvaliga hakam Jyebalining golini ofsayd tufayli bekor qildi, keyin şu futbolçining zarbasini Şmeyxel möjizaviy seyv bilan tösib qoldi. Yakunda — zarbalar böyiça hisob 8:3, tunisliklar foydasiga. Buni turnirning eng kamtarona tarkibiga ega bölgan jamoadan heç kim kutmagani aniq.
Ikkinçi bölimda Daniya öz öyinini topa boşlagandek körindi — töp tez-tez Damen qöriqlayotgan darvoza joylaşgan jarima maydoniga olib borildi. 56-daqiqada töp darvoza töridan joy ham oldi, ammo bu safar ham hakam golni bekor qildi — yana ofsayd. 70-daqiqada daniyaliklar faolligi pik nuqtasiga çiqdi — avvaliga Damen Eriksenning öta murakkab zarbasini qaytardi, keyin zaxiradan öyinga qöşilgan Kornelius negadir bir metrlik masofadan turib töpga oyoq bilan emas, boş bilan zarba berişga qaror qildi — natijada töp darvoza ustuniga tegdi.
Tunis zarbalarga turib berişda va himoyalanişda davom etdi — ahyon-ahyonda qarşi hujumlarga çiqildi, ammo Daniya töpni uzluksiz ravişda havodan jarima maydoniga oşirib berişdan boşqa narsa öylab topa olmadi (asosan Eriksenning burçak zarbalari). Kristian öyin davomida standart vaziyatlarni ijro etişdagi jyestlar böyiça butun kolleksiyani namoyiş etdi, ammo skandinavlar baribir maqsadga erişa olmadi. Qöşimça daqiqalarda drama röy berişi mumkin edi — VAR arbitrni tunisliklar öz jarima maydonida qöli bilan öynagani ehtimolini tekşirişga çaqirdi, ammo epizod videotakroridan keyin hakam «nuqta»ni körsatmadi.
Yakunda — jahon çempionatidagi ilk 0:0 hisobi qayd etildi. Ammo öyin ança tomoşabop keçdi — kuçsiz tarkibda bölgan jamoa favoritga qarşi öyinda raqibni özi uçun qoniqarli natijaga majbur eta oldi. Tunis yana bir bor qisqa muddatli turnirlarda intizom va fidoyilik bilan saviyadagi farqni yöqqa çiqariş mumkinligini namoyiş etdi. Aftidan, Qatarda bunday öyinlar köp böladi.
C guruhi
Levandovski startni barbod qildi. U tufayli Polşa muhim ğalabadan quruq qoldi, Oçoa esa — yana qahramon.

Meksika – Polşa 0:0
Meksika – Oçoa, Sançes, Moreno, Montes, Galyardo, Errera (Rodriges, 71), Çaves, Alvares, Losano, Martin (Himenes, 71), Vega (Antuna, 84).
Polşa – Şçensni, Keş, Glik, Kiver, Bereşinski, Kaminski, Krixovyak, Zelinski (Milik, 87), Şimanski (Frankovski, 72), Levandovski, Zalevski (Belik, 46).
Ogohlantirişlar: Sançes (29), Moreno (56), Frankovski (76).
Aniq ijro etilmagan penalti: Levandovski (Polşa), 58.
Çempionat startiga qadar S guruhida barçasi oldindan ma’lumdek köringandi: Argentina — 1/8 finalga çiqişi aniq bölgan yaqqol favorit, guruhda qolib ketadigan yaqqol autsayder — Saudiya Arabistoni. Meksika va Polşa esa pley-off uçun kuraş olib boradi. Ularning birinçi turdagi özaro töqnaşuvi köp narsaga oydinlik kiritişi kerak edi.
Ammo bu farazlar «974» stadionida (dengizdagi taşuvlar uçun qöllanadigan konteynerlardan barpo etilgan unikal qurilma, u jahon çempionatidan keyin yana buzib taşlanadi)gi öyindan keyin barbod böldi. Saudiya Arabistoni sensatsiya körsatib, ğalabaga erişgaç, avtomatik ravişda pley-offga çiqiş uçun da’vogarga aylandi — qisqa muddatli turnirlarda şunaqasi ham bölişi mumkin.
Holbuki Qatar va Eronning birinçi turda körsatgan öyinidan keyin köpçilik JÇ-2026 turnirida jamoalar soni oşirilib, Osiyodan yoki sakkiz yoki töqqiz jamoa iştirok etişini nazarda tutgan holda, mundial iştirokçilari soni oşirilişi haqidagi qarorni yanada qizğin tanqid qila boşlagandi. Lekin Saudiya Arabistonining ğalabasi bunday fikrlar şoşilinç bölganini körsatib berdi, qolaversa bu ğalaba avtobus qöyiş orqali qölga kiritilgan tasodifiy natija emasdi. Arablar öyinning uçdan ikki qismida himoya çiziğini ança oldinroqda örnatişdi va öyin oxiriga qadar jarima maydoniga qamalib olişga harakat qilmadi.
Saudiyaliklarning keyingi raqiblari Polşa va Meksika esa kutilgan öyinni namoyiş eta olişmadi. Meksikaliklar nisbatan faolroq bölişga intilişdi — ular baribir KONKAKAF zonasida birinçi raqamda öynaşga odatlanişgan, qolaversa boş murabbiy Xerardo Martino Marselo Belsaning izdoşi sanaladi va «Barselona» bilan işlagan, bu esa uning öyin falsafasi haqida köp narsani anglatadi, Polşa esa hatto Saudiya Arabistoni yoki Tunisdan köra passivroq harakat qildi. Çeslav Mixneviç jamoasida sxema gibrid körinişda edi: töp jamoada bölganida himoyaçilar soni tört nafar, jamoa çuqur himoyalanganda esa çap qanot öyinçisi Nikola Zalevski himoyaga yordam berdi. Vaqti-vaqti bilan öng qanot vakili Yakub Kaminski ham himoyaçilar bilan bir liniyada joylaşdi.
Öyin oldidan zamonaning eng yaxşi hujumçilaridan biri Robert Levandovski va Meksika termasi darvozaboni Gilermo Oçoa raqobati haqida gapirişdi, darvozabon Yevropada klub darajasida yorqin faoliyatga ega bölolmadi, ammo u har safar jahon çempionatlarida fantastik öyin körsatadi. Öyinning bir soati davomida bu afişa özini oqlamayotgandek edi, ammo baribir bu syujyet röy berdi. Bu epizod juda zerikarli öyinni biroz bölsa-da tomoşabop qilib berdi.
Aytiş kerakki, bu qarama-qarşilik tom ma’noda töğridan töğri röy berdi — futbolçilar 11 metrlik jarima zarbasida duel ötkazişdi. Levandovski yana bir bor hujumda öziga taqdim etilgan kiçik imkoniyatdan naf çiqarişini körsatdi. Lekin jahon çempionatiga qandaydir magiya bilan taşrif buyuradigan Oçoa polyakni doğda qoldirdi — u özini boşqa burçakka sakrayotgandek körsatdi, amalda esa qarama-qarşi burçakka taşlandi, Levandovski ham öşa burçakni nişonga olgandi.

Öyin qanday keçganini ifodalovçi asosiy körsatkiç şuki, bu polşaliklarning 90+4-daqiqa davomida darvoza sohasiga aniq yöllagan yagona zarbasi bölib qoldi. Meksika esa Oçoaning seyvidan keyin tetiklaşdi, ön daqiqa davomida hujumkor öyin körsatişdi, ammo keyin polyaklar öyinni yana quritib taşlaşdi.
Endi ikki jamoa ham masalani Argentina va Saudiya Arabistoniga qarşi öyinlarda hal etişga urinib körişadi. Hozirda S guruhi kutilmaganda bu turnirdagi eng çalkaş va intrigali guruhga aylandi.

D guruhi
Mbappe uçta golni taşkillaştirdi, Jiru Anrining rekordini takrorladi. Fransiya çempionlikni himoya qilişni boşladi

Fransiya — Avstraliya 4:1
Gollar: Rabo (27), Jiru (32, 71), Mbappe (68) — Gudvin (9).
Fransiya – Loris, Pavar (Kunde, 89), Upamekano, Konate, Lyuka Ernandes (Teo Ernandes, 13), Rabo, Tçuameni (Fofana, 77), Jiru (Tyuram, 89), Grizmann, Dembele (Koman, 77), Mbappe.
Avstraliya – Rayan, Atkinson (Degenek, 85), Suttar, Roulz, Behiç, Muy, Irvayn (Bakkus, 85), Makgri (Mabil, 73), Lekki, Dyuk (Kammings, 56), Gudvin (Kuol, 74).
Ogohlantirişlar: Dyuk (55), Irvayn (80), Muy (90+5).
Jahon çempionlari sensatsiyalar kunini asosli ğalaba bilan yakunlab berdi
Dide Deşam bu yil omadsizlik böyiça jahon çempioni bölmoqda. Avvaliga u jamoa öyini asosi bölgan ikki yarimhimoyaçidan ayrildi — Pogba va Kante. Start arafasida — forvardlar Nkunku va Benzema safdan çiqdi. Bundan taşqari, darvozabon Menyan va himoyaçi Kimpembe öyindan taşqari holatda, uning baxtiga bir oydan buyon maydonga tuşmayotgan Varan safga qaytgan, ammo u faqat zayavkadan örin oliş bilan çeklandi.
Şunga qaramay, Fransiya boş murabbiyi öz jamoasiga işonişi, 25 nafar futbolçi esa yetarli ekanini aytdi. Çunki u Benzema örniga heç kimni çaqirib ötirmadi va Nkunku örniga Kolo Muanini yollaş bilan çeklandi. Bu forvard ötgan mavsumda «Nant»da yaxşi öynagandi, «Ayntraxt»ga ötgaç esa, bundesliganing yangi a’zolari uçun rekord darajadagi samaradorlik körsatmoqda.
Lekin u ham kutilganidek boşlanğiç tarkibdan örin olmadi, ammo startda syurprizlar yetarli edi. Birinçidan, markaziy himoya uçun eng kutilmagan juftlik tanlandi, «Bavariya» a’zosi Upamekano va bu mavsum «Liverpul»da deyarli öyin amaliyotiga ega bölmayotgan Konate ilk daqiqalardan harakat qildi. Ikkinçidan, JÇ-2018 ğolibligini olib kelgan 4-2-3-1 sxemasiga qaytilişi haqidagi gaplar yolğon bölib çiqdi. Deşam eng yaxşi mudofaa — hujum, degan qarorga keldi va ilk daqiqalardan forvardlar törtligini maydonga tuşirdi.
Bu mantiqiydek edi, çunki raqib nisbatan kuçsiz Avstraliya, ammo argentinaliklarning aççiq tajribasi ham yoddan çiqarmaslik talab etilardi. Janubiy Amerika çempionlari ham Lo Selsoning örnini bosuvçi futbolçi topa olmasdan, hujumkor futbolçilar sonini oşirişga qaror qilgandi. Argentinaliklar öyinni juda yaxşi boşlaşgandi, ammo yakun kamida keyingi turgaça muhokamalar markazida böladi.
Ammo Argentinaning öyinida barça dahşatli voqealar ikkinçi bölimda röy bergan bölsa, Fransiya öyin boşidanoq muvaffaqiyatsizlikka uçradi, çap qanotdan kirib kelgan Gudvin bir neça masofadan turib qaytarib bölmas zarba yöllab, hisobni oçdi. Qolaversa, bu hujum vaqtida boşlanğiç tarkibning yana bir kutilmagan vakili Lyuka Ernandez golli uzatmani tösişga intilib, ehtiyotsizlik tufayli jarohat oldi va örnini öz egizagi Teoga böşatib berdi («Bavariya» himoyaçisi olti oyga safdan çiqqan).

Katta ehtimol bilan, bu pallada Deşam Qatarga «Real» qanot himoyaçisi Mendini olib kelmagani uçun afsuslangan. Faqat bu xayollar kiçik Ernandez ideal uzatmasi bilan javob golini uyuştirganida tarqab ketdi. Öyinda buriliş Italiya çempionatining yana bir vakili — Rabo tomonidan amalga oşirildi. Yozda «MYu» uni moliyaviy talablari haddan taşqari yuqori ekani tufayli transfer qilişdan boş tortgandi, ammo hozirda «Old Trafford»dagilar bu qaror uçun afsuslanayotgan bölişi mumkin.
When the @Socceroos led @equipedefrance 😮
— FIFA World Cup (@FIFAWorldCup) November 22, 2022
Watch the highlighs on FIFA+#FIFAWorldCup | #Qatar2022
«Yuventus»da juda zör mavsum ötkazayotgan Rabo terma jamoadagi raqobatda ham ustun keldi va avstraliyaliklar bilan öyinda qahramonga aylandi. U avvaliga özi gol urdi, keyin pressingda namunali iştirok etib, Mbappening tovoni bilan bergan pasidan keyin Jiru uçranglilar safidagi 50-golini urişiga yordam berdi. Endilikda «Milan» forvardining yana bir aniq zarbasi unga terma jamoaning eng yaxşi mergani Terri Anri bilan tenglaşib oliş imkonini beradi. Fransiya terma jamoasidagi bunday yorqin debyut — gol va golli uzatma — Rabogaça oxirgi marta çempionlik nişonlangan 1998 yilgi çempionatda Kristoff Dyugarri bilan bölgandi.
Keça qahramonlari qatorida Mbappeni ham e’tirof etmasdan bölmaydi. U giperfaol, juda foydali böldi va şu bilan birga hadeganda gol ura olmadi. «PSJ» hujumçisi Jiruning birinçi golida qatnaşdi, keyin esa öz zarbasi bilan amalda öyin masalasini hal qildi. Bunga qadar hisob xavotirli edi, çunki mudofaadagi muammolar heç qayerga ketmagandi, hisob 1:2 ekanida Irvaynning zarbasi ustunga tegdi.
Ammo jahon birinçiliklarida 20-bor sardor sifatida terma jamoa darvozasini qöriqlagan Lloris öz darvozasidan boşqa gol olib çiqmadi. Jahon çempionlari esa titul himoyasini işonçli ğalaba bilan boşlaşdi.

Öyinlardagi barça gollar videosi FIFA rasmiy saytida













