Prezidentning “Xalqaro şartnomaga qöşiliş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Özbekiston 2013 yil 31 may kuni Minsk şahrida Mustaqil davlatlar hamdöstligi Hukumat rahbarlari kengaşi yiğilişida imzolangan Qişloq xöjaligi ekinlari navlari va duragaylari uruğliklarini, meva-rezavor va uzum köçatlarini yetiştiriş hamda yetkazib beriş böyiça davlatlararo ixtisoslaşuv töğrisida bitimga qöşiladi.
Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi mazkur xalqaro şartnoma amalga oşirilişi uçun mas’ul bölgan vakolatli organ etib belgilanadi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Özbekiston mazkur xalqaro şartnomaga qöşilgani hamda uni amalga oşirişga mas’ul bölgan vakolatli organ töğrisida depozitariyga tegişli bildirişnoma yuboradi.
Özbekiston Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Qaror ijrosini nazorat qiliş Özbekiston boş vaziri A.Aripov zimmasiga yuklanadi.












