Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatning BMTdagi doimiy vakiliga uçraşuv ötkazişni söraşni topşirganini ma’lum qilgandi.
«Tinç aholining öldirilişi, fuqarolik infratuzilmasining vayron bölişi teraktdir. Ukraina xalqaro hamjamiyatdan bu jinoyatlarga qat’iy javob berişni talab qilişda davom etmoqda», — deb yozgan Zelenskiy.
Bundan oldin 23 noyabr kuni Rossiya qöşinlari Ukraina hududlari böylab yoppasiga raketa zarbalari yölladi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenko rossiyalik harbiylar «Ukraina energiya ta’minot obektlarini yöq qilişga urinayotgani»ni aytdi.
Ukraina rasmiylariga köra, yangi raketa zarbalari oqibatida uç region töliğiça elektr ta’minotisiz qolgan: Kiyev, Odessa va Çernihiv oblastlari. «Ukrenergo» xabariga köra, otişmalar tufayli Ukrainaning barça hududlarida elektr energiyasi avariyaviy öçirilişi mumkin. Butun mamlakat böylab internet faoliyatida uzilişlar kuzatilmoqda.
«Energetik terror davom etmoqda», — dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina böylab jami 67 raketa uçirilganini xabar qilgan. Politsiya ma’lumotiga köra, sönggi hujumlar oqibatida jami olti kişi halok bölib, 36 kişi jarohatlangan.













