Ukraina böylab elektr ta’minoti uzoq muddat uzilib qolgan taqdirda aholiga asosiy xizmatlar körsatiş uçun möljallangan tört mingdan ortiq «mustahkam punktlar» oçildi.
Prezident Vladimir Zelenskiy sözlariga köra, punktlar barça viloyat va tuman ma’muriyati, maktablar, FVV binolari huzurida bepul va keçayu kunduz işlaydi.
Ularda eng yaqin yoqilği quyiş şoxobçalari, bank filiali, dorixona va dökonlar qayerda ekanini aniqlaş mumkin böladi. Şuningdek, suv, elektr, mobil aloqa va internet bor.
«Odamlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida butun mamlakat böylab yangi loyihani - «mustahkam punktlar»ni işga tuşirmoqdamiz. Allaqaçon tört mingdan ortiq şunday punkt tayyorlandi. Bundan ham köproq rejalaştirilgan», - deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.
Sönggi kunlarda Rossiya tomonidan Ukraina energetika obektlariga berilgan ommaviy raketa zarbalari oqibatida mamlakat jiddiy energetika inqiroziga duç keldi. Ukraina hujumlar oqibatini bartaraf qilişga urinmoqda. «Mustahkam punktlar» ana şunday çora-tadbirlar mahsuli hisoblanadi.













