«Lanset» (tibbiyotda yiringlarni kesuvçi ötkir skalpel nomi) özining maşhur turdoşi «Kub» kabi öq-dorilar taşuvçi drondir. Ya’ni ular havoda uzoq vaqt davomida nişonni kuzatib uçuvçi va unga tezkor zarba beruvçi jangovar dron hisoblanadi.
Dron bu nomni özining yuqori aniqligi sabab olgan.
Eng oxirgi modifikatsiyali kamikadze dronining (Lanset-3) maksimal tezligi gorizontal parvozda 110 km/soat, nişonga hujum qilişda esa 300 km/soatni taşkil qiladi. Havodagi harakat uzoqligi — 40-50 km. Dronning özi taxminan 12 kg, şundan jangovar kallak (yuqori portlovçi snaryad) oğirligi 5 kg. Qurilma havoda taxminan bir soat davomida uça oladi.
Ukrainadagi jang maydonlarida «Lanset»dan muvaffaqiyatli foydalanilgani aks etgan videolar rossiyalik harbiy bloger va jurnalistlarning Telegram-kanallarida oktyabr oyi oxiri va noyabr oyi boşida paydo böla boşladi.

Manba: ALeKSANDR SLADKOV
Bundan taşqari, Rossiya mudofaa vazirligi öz hisobotlarida uşbu qurilmadan «muvaffaqiyatli foydalaniş»ga katta e’tibor qaratdi va uni Rossiyaning eng samarali droni deb atadi.
Ukraina harbiy-havo kuçlari qömondonligi ham sönggi paytlarda bunday dronlardan frontda keng qöllana boşlanganini tan oldi.
Yangi möjizakor qurol
Uşbu rus droni eng köp epitetlarni, birinçi navbatda, Rossiya Federatsiyasining harbiy kuzatuvçilari va ekspertlaridan olyapti.
Xususan, Rossiya boş ştabi sobiq xodimi Mixail Xodarenok «Lanset» özining amerikalik turdoşi — «Switchblade-600» dronidan sezilarli darajada ustun ekanini ta’kidlaydi.
Rostdan ham, qanotlarning ğayrioddiy joylaşuvi (Rossiya droni qanotlari X şaklida) tufayli dron manyovr va hujum qilişda afzalliklarga egadek körinadi.
Rossiyalik harbiy ekspert «Lanset»ning razvedkaçi «Orlan» droni bilan birga işlatilişiga e’tibor qaratgan. «Orlan» nişonni aniqlab beradi, «Lanset» esa uni yöq qiladi.
Odatda, şu usul bilan rus qöşinlari Ukrainaning zenit-raketa tizimlarini işdan çiqarişga harakat qilyapti.
Ekspertning işonişiça, Rossiya «Lanset-Orlan» dueti yordamida yaqin kelajakda Ukraina havo mudofaasini yengib öta oladi.
«Albatta, «Buk» va «Osa-AKM» kabi havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari Ukraina qurolli kuçlari tasarrufida hanuz ma’lum miqdorda mavjud va ular uçuvçilarimiz uçun noqulayliklar tuğdirmoqda. Ammo töqnaşuv çiziğida «Lanset» va «Kub» dronlari soni ortgaç, ular ertami-keçmi Ukrainaning zenit tizimlarini amalda yöq qiladi va frontdagi janglarga asosiy aviatsiya ham qöşiladi», — deb yozadi Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari boş ştabining sobiq katta ofitseri Xodarenok.
Uning ta’kidlaşiça, Rossiya tomonidan zarba beruvçi dronlardan samarali foydalaniş hozirda Kiyev uçun eng katta muammo hisoblanadi.
U bu fikrini 16 noyabr kuni Germaniya Ukraina armiyasiga dronga qarşi tizimlar partiyasini yetkazib bergani haqidagi ma’lumot bilan dalillaydi.
«Röyxatni oçsak, Ukraina qurolli kuçlariga nima köproq zarar keltirayotganini bilişimiz mumkin. Ukraina dronlarga qarşi 10 datçik va signal söndirgiç söragan. Bu şuni anglatadiki, «Geran» va «Lanset» Kiyev uçun haqiqiy boşoğriği bölmoqda», deydi Xodarenok.
Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasining (VGTRK) rossiyalik harbiy mutaxassisi Aleksandr Sladkov ham «Lanset»dan foydalanişga oid videolarni öz kanaliga yuklab boradi. U yetakçi rus propagandaçilaridan biri bölib, ukrainalik harbiy asirlarni söroq qiliş bilan ham şuğullangan.
Sladkov bir milliondan ortiq obunaçiga ega bölgan Telegram-kanaliga noyabr oyi boşidan beri muntazam ravişda Rossiyaning zarbdor dronlari videolarni yuklab keladi.
Uning harakati şuni körsatadiki, «Lanset»dan foydalaniş bilan boğliq kontent sönggi vaqtlarda köpaygan.
Harbiy jurnalistning qayd etişiça, bu dronlar Ukraina qurolli kuçlari texnikalarini, masalan, M777 gaubitsalarini «dastalab» yoki «birin-ketin» yöq qiladi.
«Lanset uçun avtoritet yöq», deya özini quvontiradi Rossiya propagandaçisi.
Rossiyaning «Rybar» Telegram-kanali hatto «Lanset»ning sönggi bir oy içida (13 oktyabrdan 12 noyabrgaça) göyoki qança texnika yöq qilgani yoki şikastlaganini hisoblab çiqqan. Unga köra, dron 11 gaubitsa, 7 tank va öziyurar artilleriya qurilmasi, oltita zirhli maşina, 4 ta havo hujumidan himoya tizimi va 5 ta radiolokatsiya tizimi, uçta C-300 raketa tizimi va nihoyat bitta zirhli katerni safdan çiqargan.
Rossiyaliklar işonç bilan bu dronlarga qarşi kuraşişni imkonsiz ekanini aytmoqda. «Anti-lazer himoyasi tufayli «Lanset»larni tutib oliş yoki yöq qiliş deyarli mumkin emas», deb yozadi «Vestnik PVO i VKS» Telegram-kanali.
Biroq, Ukraina qurolli kuçlari bu borada boşqaça fikrda. Bunday dronlarning birinçi nusxasi Ukraina kuçlari tomonidan iyul oyi örtalarida Zaporijjya viloyatida urib tuşirilgan va tegişli fotosuratlar tarmoqqa joylaştirilgan. Oradan bir hafta ötib, yana bir xudkuş dron Mikolayiv oblastidagi radar stansiyasiga hujum qilmoqçi bölgan vaqtda urib tuşirilgan.
Oktyabr oyida Ukraina tomoni harbiy-havo kuçlari qiruvçi samolyot yordamida ikkita «Lanset»ni urib tuşirişga muvaffaq bölingani haqida xabar berdi.
Dron haqiqatan ham şunçalik samaralimi?
«Vaziyat özgardi. Bugun bizda dronlar böyiça ustunlik yöq. Ayniqsa, zarbdor dronlar borasida. Va bu yerda muammo sifatda emas, sonda», — deya noyabr oyi boşidagi front çiziğidagi holatni izohladi dron işlab çiqiş böyiça ukrainalik mutaxassis Yuriy Kasyanov.

Manba: ALeKSANDR SLADKOV
Uning fikriça, asosiy muammo Ukraina armiyasida dronlar, ayniqsa zarbdor dronlar sezilarli darajada yetişmasligidir. Bu esa, öz navbatida, Ukrainada Rossiya va Erondan farqli ölaroq, dronlarni ommaviy işlab çiqariş jarayoni yölga qöyilmagani bilan boğliq.
Mutaxassis turli ukrainalik rasmiylarning Moskva xorijiy elektronikasiz bu turdagi qurollarni ommaviy işlab çiqarişni yölga qöya olmasligi haqidagi bayonotlarini «ura-patriotizm va duşmanni mensimaslik» deya atagan.
Uning sözlariga köra, uruş boşida Ukraina armiyasi haqiqatan ham harbiy vazifalar uçun qayta işlangan köplab «uy» dronlariga ega bölgan. Ammo Ukraina zarbdor dronlarni sanoat darajasida işlab çiqarişni yölga qöyişga endi harakat qilmoqda.
Bu masalada Ğarbdagi hamkorlardan ham yordam kam. Şu turdagi dronlar işlab çiqaruvçi Isroil Kiyevga deyarli halokatli qurollar yetkazib bermaydi, AQŞ esa Ukraina qurolli kuçlarining katta qismini ta’minlaş uçun zarur bölgan miqdorga ega emas.
«Odatda «Lanset»lar harbiy texnikalarni yöq qiliş uçun emas, balki duşmanning öq otiş nuqtalarini buziş, şaxsiy tarkib yoki yuk maşinalari kabi zirhsiz transportlarni yöq qiliş uçun işlatiladi», deydi Kasyanov.
«Lanset» şu vazifaga mos parametrlarga ega. Uning jangovar kallagi 3-5 kg, parvoz masofasi esa taxminan 40 km.
Bu Rossiya Ukrainani öqqa tutişda keng kölamda foydalanayotgan Eronning «Şahid-136» (ikkinçi nomi «Geran-2») droni parametrlaridan juda katta farq qiladi. Uning jangovar kallagi «Lanset»nikidan 10 barobar köp, parvoz masofasi esa deyarli 1500 kilometrni taşkil etadi.
Biroq, Yuriy Kasyanovning ta’kidlaşiça, bu dronlarni soliştiriş kerak emas, çunki ular butunlay boşqa vazifalarni bajaradi. Agar Eron dronlaridan mamlakat içidagi yirik infratuzilma obektlarini yöq qiliş uçun foydalanilsa, «Lanset»lar jang maydoni dronlaridir. Ular front çiziğidagi alohida radiolokatsion va havo hujumidan himoya tizimlari bilan işlaydi.
«Bular mutlaqo boşqa sinflar. Bu xuddi qanotli raketa va uçuvçili qiruvçi samolyotni soliştirişga öxşaydi. Ular butunlay boşqaça qurollar va butunlay boşqaça uruş usullari», deydi Kasyanov.
Rossiya xudkuş dronlarining samaradorligi borasida ukrainalik mutaxassis jangovar kallakning kiçik ölçami va ular işlovçi masofa qisqaligiga e’tibor qaratadi. Masalan, «Kub» droni 10-20 km masofada işlaydi va 3 kilogrammgaça bölgan öq-dorini olib yuradi.

Rossiya kamikadze dronlarining Ukrainadagi uruş jarayoniga qanday ta’sir ötkazişi borasida, BBC naşri suhbatdoşi taxmin bildirişda öta ehtiyotkor böladi.
«Jang maydonida «Lanset» kabi dronlardan foydalaniş, albatta, duşmanga ma’lum afzalliklarni beradi, deb hisoblayman. Ammo şu bilan birga, bunday qurollardan foydalaniş qandaydir tarzda uruşning borişi va xarakteriga keskin ta’sir qilişi mumkin, deb ayta olmayman. Yöq, bu dronlar uruşning natijasiga ta’sir qilmaydi», degan Kasyanov.
Kasyanovning qayd etişiça, bunday dronlarga qarşi kuraşişning turli usullari mavjud, masalan, uni yerda, operator va boşqaruv stansiyasi bilan birga yöq qiliş mumkin.
Rossiya «Lanset»larni qayerdan oldi?
Rossiyada bunday turdagi dronlarning paydo bölişi, 2000-yillar örtalaridan beri dronlar bilan şuğullanuvçi ZALA Aero kompaniyasi taşabbusi natijasidir.
Biroq, kompaniya havoda öq-dorilar olib yuruvçi dronlar loyihasi bilan 2010 yildan şuğullana boşlagan. Anonim qolişni istagan ekspertning BBC naşriga aytişiça, bunday dronlar avvalboşda Rossiya mudofaa vazirligini qiziqtirmagan va harbiylar bundan manfaatdor emasligini anglagan tijorat kompaniyalari ham bu turdagi dronlar işlab çiqarilişga ortiqça e’tibor bermagan.
Hozirda «Kalaşnikov» kompaniyalari guruhi tarkibiga kiruvçi ZALA Aero bu turdagi dronlarni eksport uçun tayyorlay boşlagan. «Lanset» kompaniyaning birinçi mahsuloti emas, ungaça «Kub» droni işlab çiqarilgan. Bu dron hozirda Rossiya armiyasi tomonidan ham qöllanadi.
«Kub» 2019 yilda Abu-Dabidagi körgazmada namoyiş etiladi. «Lanset»ning premerasi esa 2019 yil yozida Moskva oblastidagi «Armiya» körgazmasida bölib ötadi va u öşa paytda «Kalaşnikov» stendidagi asosiy eksponat edi.

Biroq, rossiyalik mutaxassis ta’kidlaganidek, Rossiya armiyasi kamikadze dronlarga ular Suriyada sinovdan ötkazilgandan keyingina qiziqa boşlagan.
Rossiya naşrlariga köra, sinovlar dron samaradorligini körsatgan bölsa-da, bu ularning ommaviy işlab çiqarilişiga olib kelmagan. Çunki ular juda qimmat qurol bölib tuyuladi, Suriyada esa ularni işlatiş uçun muhim nişonlar köp bölmagan. Ularning örniga nişonlarni arzonroq qurollar, masalan, artilleriya yordamida yöq qiliş mumkin edi.
Taşqi yordam
Rossiya dronlarni kerakli ehtiyot qismlari bilan qanday ta’minlayotgani sirligiça qolmoqda. Mutaxassislarning Rossiya öz manbalari bilan dronlar uçun barça tarkibiy qismlarni işlab çiqariş imkoniyatiga egaligi haqdagi şubhalari asosga ega.
Masalan, yaqin vaqtgaça rus işlab çiqaruvçilarining özlari bunday imkoniyatlari yöqligi haqida gapirib kelgan.
Şu sababli, Yuriy Kasyanovning fikriça, «Lanset»ning 80 foizi Xitoy komponentlaridan tayyorlanadi, ammo yakuniy yiğiş va sozlaş Rossiya zavodlarida amalga oşiriladi.
Ammo u dronlar uçun mikrosxemalar Rossiya Federatsiyasida işlab çiqarilganini tan oldi.
«Ular dronlar işlab çiqarişni muntazam yölga qöyişi mumkin, biroq bu Xitoy ehtiyot qismlarni yetkazib berişiga boğliq böladi», deydi Kasyanov.
Ekspertning qöşimça qilişiça, ayni vaqtda Rossiyada ilgari xitoylik yetkazib beruvçilardan sotib olingan dronlar uçun elektr motorlar va akkumulyatorlar işlab çiqariş jarayoni allaqaçon özlaştirila boşlangan.
Sal oldinroq, 2021 yil aprel oyida, Strategiya va texnologiyalarni tahlil qiliş markazi rahbari Ruslan Puxov «Gazeta.Ru» internet naşriga bergan intervyusida Rossiyada dronlarning kiçik partiyalarini tayyorlaş va işlab çiqariş mumkinligini aytgan. Biroq ularni ommaviy işlab çiqarişni yölga qöyişda xorijiy komponentlar bilan boğliq muammolar paydo böladi. Uning sözlariga köra, «Lanset»da bu ehtimol yuqori.
«Ommaviy işlab çiqariş va qöşinlarni uşbu turdagi dronlar bilan töliq ta’minlaşda jiddiy muammolarga duç kelamiz. Balki biz çet eldan ba’zi pozitsiyalar va texnologiyalarni sotib oliş haqida öylaşimiz kerakdir», degan öşanda Puxov.
Barça rus dronlarining zaif tomoni — ularni ommaviy işlab çiqarişda kam işonçli içki yoniş dvigateli yöqligi. «Lanset» elektr dvigateldan foydalansa-da, bu qurilma qayerdan kelib qolgani noma’lum.
Oktyabr oyida «Androidnaya texnika» ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasi rahbari Yevgeniy Dudorov «RIA Novosti» naşriga bergan intervyusida Rossiyaning kopter va samolyot tipidagi dronlarida import qilingan (asosan, Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan) elektr dvigatellardan foydalanilişi va uning kompaniyasi ham şunday motorlarni işlab çiqiş bilan şuğullanayotganini aytgandi.
Rossiya qança miqdorda «Lanset» işlab çiqara olişini aniqlaş qiyin — bu ma’lumotlar maxfiy. Nazariy jihatdan, uşbu dronlarni işlab çiqaruvçi ba’zi elementlarini bemalol çet eldan sotib oliş mumkin.
«Rossiyada dronlarni seriyali işlab çiqariş yaqindan boşlandi. Masalan, Kronştadtdagi yirik «Orion» dronlarini işlab çiqaruvçi zavod ötgan yili qurilgan», deb yozadi Strategiya va texnologiyalarni tahlil qiliş markazi bilan boğlangan BMPD harbiy blogi.
«Kub» droni davlat sinovlaridan bir yil avval ötgan», deydi «Vestnik PVO i VKS» Telegram-kanali.
2019 yilda taqdim etilgan «Lanset» dronlari, rus matbuoti va blogosferadagi izohlarga köra, frontdagi qöşinlarda faqatgina yozning oxiri va kuzning boşida paydo böla boşlagan. «Rostex» rahbari Sergey Çemezovning aytişiça, agar buyurtma bölsa, Rossiya korxonalari uni kerakli miqdorda yetkazib berişga tayyor.
Biroq avgust oyi oxirida Rossiya Telegram-kanallari ZALA Aero kompaniyasi boş konstruktori Aleksandr Zaxarovning işlab çiqariş quvvati yetişmasligidan şikoyat qilib, dronlar işlab çiqariş uçun savdo markazlarini egallaşni taklif qilgan sözlaridan iqtibos keltirgandi.













