Ukrainadagi Zaporijjya atom elektr stansiyasining elektr ta’minoti uzilib qolganidan 1 kun ötgaç qayta tiklandi.
Bu haqda MAGATE rahbari Rafael Grossi xabar berdi.
Şuningdek, u Ukrainadagi barça atom elektr stansiyalarining taşqi quvvatdan uzilişi bilan boğliq vaziyatni «misli körilmagan» deb atadi va bundan bir neça oy oldin buni tasavvur qilmaganini aytdi.
«Dunyoning diqqati Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bölgan Zaporijjya AES hududida yuzaga kelgan xavfli vaziyatga qaratilgan bölsa-da, mamlakatdagi boşqa yadroviy inşootlarni ham unutmaslik kerak.
Keça, birinçi marta Ukrainadagi barça törtta atom elektr stansiyasi: Zaporijjya, Rivne, Janubiy Ukraina va Xmelnitskiy AES taşqi elektr ta’minotidan uzilib qolgan edi. Ularning barçasi favqulodda dizel generatorlaridan foydalanmoqda», dedi u.
24 noyabr kuni Rossiya tomonidan Ukraina energetika obektlariga berilgan raketa zarbalaridan keyin, 4 ta AES taşqi elektr ta’minotidan uzilib qolgan edi.
Stansiyalarda reaktorlarni sovitiş uçun elektr energiyasi talab qilinadi. Energiya uzilib qolgan taqdirda, ular çeklangan vaqt davomida zaxira quvvat bilan ta’minlaydigan favqulodda dizel generatorlariga ulanadi. Zaporijjya AES dizel generatorlari 10 kun davomida energiya beriş quvvatiga ega.













