Ukraina Ğarbdan yetkazib berilgan taxminan 350 ta gaubitsadan bir vaqtning özida faqat uçdan ikki qismini qöllay oladi. Bu haqda The New York Times naşri AQŞ va Ukrainadagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Maqolada keltirilişiça, qurollar frontda muntazam işlatilayotgani tufayli ularning uçdan bir qismi doimo ta’mirlaşga muhtoj böladi. Xususan, manbalar sözlariga köra, foydalanilayotgan 155-millimetrli snaryadlarning ayrimlari avval sinovdan ötkazilmagan, endi esa bunday öq-dori gaubitsa stvollarini tezroq işdan çiqarişi ma’lum bölmoqda.

Gazetaning aniqlaşiça, AQŞ mudofaa vazirligi şikastlangan qurollarni tiklaş uçun Polşada ta’mirlaş ustaxonasi taşkil etgan.

Ukrainlarda sovetlar namunasidagi gaubitsalar uçun snaryadlar tugay boşlagaç, Ğarb yetkazib beradigan artilleriya ular uçun eng kerakli yordamga aylandi.