Yaqinda bölib ötgan oraliq saylovlarda AQŞ Kongressida biroz ustunlikka erişgan respublikaçilar Ukrainaga qurol yetkazib beriş ustidan nazoratni kuçaytirmoqçi.
The Washington Post xabariga köra, prezident Jo Bayden ma’muriyati bölajak tekşiruvlarga hozirdanoq tayyorgarlik körişni boşladi, Davlat departamenti va Pentagon Ukrainaga jönatilgan qariyb 20 milliard dollarlik qurol-yaroğ taqdirini qanday tekşirmoqçi ekanini ma’lum qildi.
Umuman olganda, Vaşingtonda nazoratni kuçaytiriş töğri bölişi haqida yakdillik bor. Biroq, u jiddiy çeklovlarga ega, çunki, barça qurollarning yöqotişlarga uçramasligini amalda töliq ta’minlaş qiyin. Şuning uçun ham Baydenning eng murosasiz respublikaçi tanqidçilari katta ehtimol bilan norozi bölib qoladi.
Ular orasida eng baland ovoz Jorjiya ştatidan Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor-Gringa tegişli bölib, u Oq uyning Ukrainaga yana 37 milliard dollar miqdorida yordam beriş haqidagi söroviga javoban, sarflangan barça mablağlar ustidan hisobotni talab qilmoqda. Vakillar palatasidagi muxolifat vakili, hozirda Respublikaçilar fraksiyasi raisi Kevin Makkarti ham CNN telekanaliga bergan intervyusida aynan şunday ruhda gapirgan.
Töğri, Ukrainaga yuborilayotgan qurollar ustidan nazoratni kuçaytiriş çoralari Kongressda mudofaa xarajatlariga ruxsat beruvçi yillik qonun loyihasi doirasida allaqaçon körib çiqilayotgandi. Va respublikaçilar taklifidan farqli ölaroq, bu loyiha ikkala partiya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgani tufayli qabul qilinişi ehtimoli kattaroq.
Misol uçun, Kolorado ştatidan vakil va Iroq bilan Afğonistondagi uruş faxriysi Jyeyson Krou yaqinda AQŞ soliq tölovçilari mablaği qayerga sarflanayotganini bilişga loyiq ekanini aytdi. Aynan uning taşabbusi bilan mudofaa töğrisidagi qonun loyihasida AQŞ Mudofaa vazirligi boş inspektoriga Pentagon tomonidan Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun sarflangan mablağlarni muntazam tekşiriş böyiça körsatmalar kiritilgan edi.
Şu bilan birga, Krou bunday tekşiruvlarning istiqbollari çeklanganini tuşunadi. «Har bir uy, köça va xandaq uçun şafqatsiz jang ketmoqda. Albatta biror narsa yöqolib qoliş ehtimoli bor. Har bir qurol ruslar qöliga tuşmasligiga işonç hosil qilişning iloji yöq, şuning uçun bizga bu keng miqyosda sodir bölmayotganini aniqlaş kifoya», dedi u WP naşriga bergan şarhida.
Bundan taşqari, Ukraina manfaatdor tomon sifatida allaqaçon Amerika qurollaridan foydalaniş haqida faol xabar bermoqda. Qurollarni mayda öğrilik orqali qora bozorda sotiş ularning Rossiya bosqinini qaytarişga qaratilgan sa’y-harakatlariga putur yetkazişi mumkin. Ammo milliy ğurur bunga yöl qöymaydi, deb hisoblamoqda naşr.
Bundan taşqari, amerikaliklarning özi uçun ham xavfsizlik masalalari bor. Pentagon matbuot kotibi, brigada generali Patrik Rayderning sözlariga köra, Ukrainadagi tekşiruvni vaziyat qulay bölgan joy va front çiziğidan uzoqda ötkaziş mantiqan töğri böladi. Davlat departamenti esa Ukrainada har bir qurol-yaroğ jönatilişini kuzatib boriş uçun resurslarga ega emas. Noyabr oyi oxiriga kelib, AQŞ auditorlarining şaxsiy iştirokida bor-yöği ikkita tekşiruv ötkazilgan – Rossiya bosqini boşlanganidan buyon Ukrainaga yetkazilgan 22 mingdan ortiq qurol-yaroğ böyiça.
AQŞ hamkorlariga yetkazib berilgan qurollardan foydalaniş böyiça monitoring «Qurol eksporti töğrisida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Unga köra, prezident ma’muriyati harbiy yordam oluvçilar uni maqsadli sarflaşi uçun «oqilona kafolatlar» berişi şart.
Köp hollarda, bu qurollar partiyasi manzilga yetib borgani tasdiqlanişini anglatadi. Ammo strategik texnologiyadan foydalanadigan ba’zi qurollar maxsus nazorat tartib-qoidalariga böysunadi, jumladan, har bir qurolni seriya raqami böyiça kuzatiş va qanday sarflangani haqida hisobot beriş. Bunday qurollarga, masalan, Ukraina qurolli kuçlari tomonidan qöllanayotgan «Stinger», «Javelin» va boşqa köçma raketa tizimlari kiradi.
Ukrainadan köproq hisobdorlikni talab qilayotgan respublikaçilar uruşdan oldin mamlakat korrupsiya böyiça jahon reytingida nisbatan past örinlarda bölganini rökaç qilmoqda. Qöşma Ştatlar hatto Isroil kabi ança benuqson obröga ega bölgan hamkorlaridan ham hisobot talab qiladi. Şu bilan birga, Florida ştatining Respublikaçilar partiyasidan Kongressdagi vakili Mayk Uols şaxsan Ukraina armiyasini jangovar holatda saqlaş tarafdori, biroq Bayden ma’muriyati amerikaliklarga harbiy budjetdan Ukrainaga ajratilgan mablağlar sarflanişi haqida ma’lumot berişda faolroq bölişi mumkin edi, deb hisoblaydi.
Uols eslatadiki, Qöşma Ştatlardagi uruş faxriylarining köplab taşkilotlari vakillari Pentagon va Davlat departamenti nomidan inspektor sifatida faoliyat yuritişi mumkin. Ammo Oq uy Ukrainadagi faol harbiy harakatlar zonasiga AQŞ Mudofaa vazirligining auditorlari yoki boşqa vakillarini yuborişga qarşi.
WP manbalarining aytişiça, Ukrainadagi amerikalik mutaxassislar tekşiruvlarni qurolsiz ötkazmoqda, bu esa frontga yaqin joylarda xavfsiz emas. Şu bilan birga, Bayden ma’muriyati Kreml tomonidan Qöşma Ştatlarning uruşga bevosita aralaşuvi sifatida baholanişi mumkin bölgan har qanday harakatlardan qoçadi.













