Dohadagi «Education City» stadioni mundialni qabul qilayotgan arenalardan biri. Stadion xuddi şu nomli maydonda joylaşgan. «Education City» – ta’lim şaharçasi Toşkentdagi talabalar şaharçasiga öxşagan joy: atrofda oliygohlar, talabalar dars qilişi uçun oçiq maydonlar va Qatar milliy kutubxonasi bor.

Bu talabalar şaharçasi Dohaning boşqa yerlariga qaraganda ança bahavo, çunki atrofda juda köp daraxtlar, yaşil hududlar bor. Stadionga yetib boriş ham oson: u metro böyida joylaşgan. Metro yurmaydigan tomondan esa tramvayda yetib oliş mumkin. Ha, Qatarda tramvay ham yuradi.

Aynan tramvay orqali bir bekat nariga yursangiz, «Oxygen park» nomli ajoyib joyga köz tuşadi. Bekat nomi ham şunday. Xiyobonga kirişingiz bilan yuzingizga salqinlik uriladi va uning nomi bejiz «kislorod park» emasligiga amin bölasiz.

Boğ maydoni 13 gektar bölib, Qatar milliy kutubxonasi va «Education City» masjidi örtasida joylaşgan. Maşinada borsangiz, katta avtoturargoh bor. Oilaviy boriş uçun juda qulay joy, şu sabab Dohaning boşqa yerlarida köp ham uçrayvermaydigan mahalliy arablarni «kislorod park»da piknik qilib ötirgan holatda köriş odatiy hol.

Atrofda bolalar öynaşi uçun futbol maydoniga öxşatib ajoyib çim yotqizilgan, uning sifati unça-munça maydonlarnikidan qolişmaydi. Sport bilan şuğullaniş uçun boğda şaroit zör: yuguriş yölaklari, turli maydonlar, veloyölak bor.

Futbol körişga möljallangan katta ekran ham örnatilgan, yaqin örtada bölib, futbolni qayerda köriş haqida öylayotgan bölsangiz, şu oçiq kinoteatrda mundial bahslarini tomoşa qiliş mumkin. Boşqa vaqtda bu hudud amfiteatr vazifasini ham bajaradi. Şuningdek, boğ hududida turli favvoralar, havo şari körinişidagi yoritkiçlar, noodatiy şakldagi landşaftlarga köz tuşadi.

«Oxygen park» 2019 yilda oçilgan. Arab olamining eng boy fondlaridan bölmiş «Qatar Foundation» moliyalaştirgan uşbu loyiha ustida landşaft arxitekturasi böyiça mutaxassislar Erik Berens va Jyeyms Heyg işlagan.

Park qurilişida qoyalar orasidan şamol aylanib yurişi yoqimli şabada keltirib çiqarişi hisobga olingan. Şu sabab uning atrofi toşlar bilan baland qilib öralgan. Şamol kiradigan joylar çiroyli bezalib, bir vaqtning özida odamlar ötadigan joylarga aylantirilgan. Şamol aylanişi uçun devor-qoyalar qabariq qilib qurilgan. Arxitektorlarning bu işlari çindan öz samarasini bergan, boğ tepasida unça sezilmaydigan şabadani pastga tuşgaç yaqqol his qilasiz.

2019 yil dekabr oyidan boşlab duşanba kunlari keçqurun «kislorod park»ga faqat ayollar kiritilişi belgilab qöyilgan. Jahon çempionati vaqtida bu tartibga istisno qilib turiladi. Xuddi Qatardagi boşqa tartiblar bilan bölgani kabi. Masalan, Doha metrosi vagonlariga «Standart» deb yozib qöyilganini körib köpçilik hayron qolayotgan bölişi mumkin. Çunki odatiy vaqtda vagonlar «Oilaviy», «Ayollar uçun» kabi yozuvlar bilan tavsiflanadi. JÇ vaqtida esa odam juda köp, bu tartiblarni amalga oşiriş imkonsiz.

Xullas, Qatarning eng çiroyli, tinç joylaridan birini özi uçun kaşf qilmoqçi bölganlar, albatta «Oxygen park»ga borişi kerak.

Ötkir Jalolxonov, Qatar.